So'ngi yangiliklar
Arxivdagi yangiliklar
- 3-04-2024, 11:14
- 127
- ---
- 0
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi tomonidan “Tabiat madhiyasi” (musiqa va matni uchun) tanlovi o‘tkazilmoqda.
Tanlov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasini transformatsiya qilish va vakolatli davlat organi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 31-maydagi 81-son farmonida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash, Respublika taʼlim muassasalarida yoshlarning tabiatga boʻlgan mehrini uygʻotish, ularni tabiat himoyachisi sifatida tarbiyalash maqsadida tashkil etilmoqda.
Tanlovda respublikamizdagi barcha oliy ta’lim muassasalari, akademik litsey, kasb-hunar kollejlari va texnikumlar talabalari hamda umumta’lim maktablarning yuqori sinf o‘quvchilari qatnashishi mumkin.
Muhim!
Tanlovga yuborilayotgan ijodiy ishlar ekologiya, atrof-muhit va uning tozaligi, ekologiyaning eng dolzarb muammolari hamda uning yechimlariga bagʻishlangan boʻlishi lozim.
Tanlovning hakamlar hay'ati tomonidan ishtirokchilar professional va havaskor qatnashuvchilarga ajratiladi.
Shuningdek, ijodiy ishlarni baholashda quyidagi jihatlarga alohida e’tibor qaratiladi:
— sheʼr va musiqaning tanlov yoʻnalishiga mosligi;
— mavzuning dolzarbligi va ilmiy asoslanganligi;
— matnning mantiqiy tuzilishi, maʼlumot, muallif pozitsiyasining mavjudligi;
— savodxonlik, leksik boylik, talaffuz;
— ijodkorlik (yangilik, sheʼr va musiqa mavzusining o‘ziga xosligi).
Unutmang!
Ijodiy ishlar 15-mayga qadar Ekologiya vazirligining info@eco.gov.uz elektron manzili orqali qabul qilinadi. Tanlovga topshirilayotgan arizalarga ishtirokchilarning ijodiy ishlari (MP3 formatda) biriktirilishi lozim.
Yakuniy natijalar 5-iyun — “Butunjahon atrof-muhit muhofazasi kuni” munosabati bilan eʼlon qilinadi. Gʻoliblar diplom, statuetka va pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
Qoʻshimcha maʼlumot uchun:
+998(71) 207-07-70 (ichki: 1108#)
Ushbu habar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining rasmiy saytidan olindi.
https://gov.uz/ru/eco/news/view/8737/
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
http://ashpk.uz
https://t.me/Andpedkoll
https://www.facebook.com/groups/211715867145976/permalink/884862053164684/