So'ngi yangiliklar
Arxivdagi yangiliklar
- 13-07-2024, 22:58
- 80
- ---
- 0
Testingiz qayerda bo'lishini bilasizmi?
✅ Telegram bot orqali tezda aniqlang!
Bilimni baholash agentligining rasmiy saytiga 2024-2025-o‘quv yili kirish test sinovi o‘tkaziladigan binolar bo‘yicha ma’lumotlar joylashtirildi. Telegramda @imtihon_qayerda_bot orqali buni aniqlash osonlashtirildi!
Unda quyidagilar aks etgan:
✅ Test o‘tkaziladigan hududni rasmi;
✅ Hududga kirish joylari;
✅ Test sinovi o‘tkaziladigan joy nomi;
✅ Test sinovi o‘tkaziladigan joy manzili;
✅ Bino raqami;
✅ Test sinovi o‘tkaziladigan guruhlar;
✅ Joylarning google xaritadagi joylashuvi.
Hoziroq sinang va adashib yurmang:
@imtihon_qayerda_bot
❌ Eslatib o'tamiz, hududiga vaqtida kelmagan abituriyentlar test sinovlariga qoʻyilmaydi!
(Manba:https://t.me/talimuz)
✅Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
http://ashpk.uz
https://t.me/Andpedkoll
https://www.facebook.com/groups/211715867145976/permalink/884862053164684/
- 13-07-2024, 20:17
- 59
- ---
- 0
Test savollarini ishlash uchun qancha vaqt beriladi?
3 ta majburiy fanlar uchun (jami 30 ta savol) — 60 daqiqa (1 soat);
2 ta mutaxassislik fanlari uchun (jami 60 ta savol) — 120 daqiqa (2 soat).
Jami: 180 daqiqa (3 soat).
➖ Agar kimdadir chet tili yoki boshqa fanlardan imtiyozli sertifikati bo‘lsa va o‘sha mutaxassislik fani uchun test sinovidan ozod qilingan bo‘lsa, unda 60 daqiqa (1 soat) ayirib tashlanadi. Agar ikkita mutaxassislik fanidan ham imtiyozi bo‘lsa, unda 120 daqiqa ayirib tashlanadi hamda faqat majburiy fanlar uchun 1 soat vaqt beriladi;
➖ Agar abituriyentda ona tili va adabiyot, tarix hamda matematika fanlaridan sertifikati bo'lsa, unda u majburiy fanlardan ham testdan ozod qilinadi. Bunda har bir ozod bo'lgan fani uchun 20 daqiqa chegirib tashlanadi. Masalan, 2 ta majburiy fandan test topshirsa, unda 40 daqiqa beriladi;
➖ Kasbiy (ijodiy) imtihonlari bor yo‘nalishlarga topshirgan abituriyentlar uchun faqat 3 ta majburiy fanga 1 soat vaqt beriladi.
❗️Ushbu vaqt ichiga javoblarni belgilash ham kiritilgan. Yaʼni bo‘yash uchun alohida qo‘shimcha vaqt berilmaydi.
(Manba: t.me/xushnudbek)
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
http://ashpk.uz
https://t.me/Andpedkoll
https://www.facebook.com/groups/211715867145976/permalink/884862053164684/
- 13-07-2024, 08:29
- 95
- ---
- 0
Hurmatli abituriyentlar!
Sizlarga 2024-yil 14-iyul kuni boshlanadigan test sinovlari oldidan omad tilagan holda, quyidagilarni yana bir bor eslatib o‘tamiz.
Test sinovlari o‘tkaziladigan hududga ruxsatnomada belgilangan sana va vaqtda keling.
O‘zingiz bilan pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasini olishni unutmang (aks holda test sinoviga kira olmaysiz).
Test sinovlariga taqiqlangan vositalarni olib kirishga urinmang. Bu sizni chetlashtirish uchun asos bo‘ladi!
‼️ Unutmang! Kech qolgan, hujjatlarsiz kelgan yoki ularning nusxalarini taqdim etgan abituriyentlar test sinovlariga qo‘yilmaydi!!!
Manba: Bilim va malakalarni baholash agentligi (t.me/BaholashUz)
✅Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
http://ashpk.uz
https://t.me/Andpedkoll
https://www.facebook.com/groups/211715867145976/permalink/884862053164684/