Kollej haqida
Muhammad
Sport musobaqalari
Kollej ko'rinishi
Axborot resurs markazi
  • ---
  • 0
##Uchinchi kun natijalari e’lon qilindi

Uchinchi kun natijalari e’lon qilindi.

2024-yil 16-iyul kuni o‘tkazilgan oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi.

✅ 16-iyul kuni test sinovida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini 3 xil usulda bilishlari mumkin:

1. my.uzbmb.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

2. mandat.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

3. Bilimni baholash agentligining quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda:

✅@e_dtm_mandatbot
✅@e_dtm_mandat1bot
✅@e_dtm_mandat2bot
✅@e_dtm_mandat3bot
✅@e_dtm_mandat4bot


Manba: Bilim va malakalarni baholash agentligi (t.me/BaholashUz)


✅Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
http://ashpk.uz
https://t.me/Andpedkoll
https://www.facebook.com/groups/211715867145976/permalink/884862053164684/
  • Информация
  • 0
##Abituriyent qaysi hollarda imtihondan chetlashtiriladi ?

Abituriyent qaysi hollarda imtihondan chetlashtiriladi?

Vazirlar Mahkamasining tegishli (03.04.2018 yildagi 261-son) qarori bilan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish uchun kirish test sinovlarini o‘tkazish tartibi belgilangan.

❌ Unga ko‘ra, quyidagi hollarda abituriyent test sinovlari jarayonidan chetlashtiriladi va natijalari chiqarilmasligiga asos bo‘ladi:

- test sinovlari o‘tkaziladigan hududga yoki binoga kirishda mikrokalkulyator, lug‘at, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya qurilmalari va boshqa vositalar, shpargalkalar olib kirishga harakat qilsa, olib kirgan bo‘lsa yoki ulardan test sinovlari davomida foydalansa;

- test materiallarini boshqa abituriyentga uzatsa yoki ularga yordam bersa;

- test sinovlari jarayonida bir-biri bilan gaplashsa;

- test materiallarini binodan tashqariga olib chiqsa, test topshiriqlari kitobi varag‘ini yirtsa;

- test sinovlari uchun ajratilgan vaqt tugagandan so‘ng test materiallarini topshirishdan bosh tortsa;

- test sinovlari jarayonida videokuzatuvlar orqali abituriyentning tartib va qoidalarga amal qilmaganligi aniqlansa.

Bundan tashqari, abituriyentning test sinovlarini topshirish vaqtida guruhdan chiqishi taqiqlanadi, chiqqan abituriyentlar qaytadan test sinovlariga qo‘yilmaydi. Test materiallarisiz, guruh nazoratchisi kuzatuvi ostida guruhdan chiqish hollari bundan mustasno.

Manba: (https://t.me/uztdi)


✅Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
http://ashpk.uz
https://t.me/Andpedkoll
https://www.facebook.com/groups/211715867145976/permalink/884862053164684/