Kollej haqida
Muhammad
Sport musobaqalari
Kollej ko'rinishi
Axborot resurs markazi

##5 iyun — Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni

5 iyun — Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni
##5 iyun — Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni
##5 iyun — Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni
Sana 1972 yil 15 dekabrda BMT tomonidan ta'sis etilgan bo‘lib, yillar davomida 100 dan ortiq mamlakatda nishonlab kelinmoqda. Butunjahon atrof-muhit kuni xalqaro miqyosda nishonlanadigan ekologik sanalar orasida mazmuni, mohiyatiga ko‘ra o‘zgacha kasb etadi. Mazkur sananing xalq orasida ekologlar bayrami, deya yuritilishining o‘ziyoq uning ekologik taqvimdagi bosh bayram, barcha eko sanalarning asosiysi, muqaddimasi ekanligini isbotlaydi.
Mazkur sana BMT Bosh Assambleyasining 1972 yil 15 dekabrda o‘tkazilgan 27-sessiyasida ta'sis etilgan. Anjumanda shuningdek, yangi tashkiliy tuzilma —Atrof-muhit muhofazasi bo‘yicha BMT Dasturi — YUNEPga asos solingan. Shundan beri YUNEP rahbarligida har yili butun jahonda atrof-muhit kuni nishonlanadi. Ushbu tadbir uchun nega aynan 5 iyun' sanasi tanlangan, degan savol tug‘iladi. Javob oddiy: aynan 5 iyunda Shvesiya poytaxti Stokgol'mda BMTning Atrof-muhit masalalariga bag‘ishlangan konfrensiyasi o‘z ishini boshlagan edi.
Stokgol'm konfrensiyasi yakunlari yuzasidan qabul qilingan rezolyusiyaga muvofiq ta'sis etilgan ekologik sana Yer yuzida istiqomat qiluvchi barcha insonlarni tabiat muhofazasi bilan bog‘liq faoliyatga jalb etish, keng jamoatchilik ongi-tafakkurida tabiiy resurslarni asrash, ulardan oqilona foydalanish orqali tabiiy boyliklarni kelgusi avlodlarga bezavol yetkazish mas'uliyatini anglatishga qaratilgan.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
http://ashpk.uz
https://t.me/Andpedkoll
https://www.facebook.com/groups/211715867145976/permalink/884862053164684/