Kollej haqida
Muhammad
Sport musobaqalari
Kollej ko'rinishi
Axborot resurs markazi

##Qabul-2024 #savollarga_javoblar

##Qabul-2024 #savollarga_javoblar

SAVOL: Telefon raqamini yo‘qotgan yoki parolini unutgan abituriyentlar qanday yo‘l tutishlari lozim?

JAVOB: my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinetiga kirish uchun parolni unutgan yoki telefon raqamini yo‘qotgan abituriyentlar quyidagi usullar orqali muammoni bartaraf etishlari mumkin:

Parolni unutgan abituriyentlar my.uzbmb.uz saytida “Parolni tiklash” (https://my.uzbmb.uz/site/password-reset) funksiyasi orqali o‘z parollarini yangilashlari mumkin.

Telefon raqamini yo‘qotgan abituriyentlar my.uzbmb.uz saytida “Telefon raqamni o‘zgartirish” (https://my.uzbmb.uz/change-phone) funksiyasi orqali shaxsiy kabinetiga kirib, mazkur funksiyadan foydalangan holda o‘z telefon raqamini yangilashi mumkin.

Ham telefon raqamini yo‘qotgan, ham parolini unutgan abituriyentlar shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan Bilimni baholash agentligi yoki uning hududiy bo‘limlari (https://uzbmb.uz/page/representatives)dan biriga ish vaqtida murojaat qilishi mumkin. Bunda Bilimni baholash agentligi mutaxassislari tomonidan abituriyentning telefon raqami o‘zgartirib beriladi.

Hurmatli abituriyentlar! Ro‘yxatdan o‘tishda o‘z telefon raqamingizdan foydalaning va parolingizni eslab qoling!!!

Manba: Bilim va malakalarni baholash agentligi (t.me/BaholashUz)

✅Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
http://ashpk.uz
https://t.me/Andpedkoll
https://www.facebook.com/groups/211715867145976/permalink/884862053164684/