#qonunchilik_yangiliklari
- 12-07-2024, 20:56
- 68
- 0
- ---
Rahbar va pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha vazifalar belgilandi
Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim tashkilotlari rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 415-son (11.07.2024-y.) qarori (https://api-portal.gov.uz/uploads/2222e1f8-8acd-0304-f0fb-6be840e85eb5_media_.pdf) tasdiqlandi.
Qaror bilan Oliy ta’lim tizimi pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish Bosh ilmiy-metodik markazi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti etib qayta nomlandi.
Quyidagilar:
-oliy ta’lim tashkilotlari rahbar hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malaka oshirish ta’lim tashkilotlarining tashkiliy hamda o‘quv-metodik faoliyatini muvofiqlashtirish;
-oliy ta’lim tashkilotlarining rahbar kadrlari zaxirasiga nomzodlarni maqsadli o‘qitishni tashkil etish;
-bundan tashqari, oliy ta’lim tashkilotlari hamda akademik litseylar rahbar va pedagog kadrlarini:
-qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarini tashkil etish;
-kasbiy bilim, ko‘nikma va mahoratini uzluksiz oshirib borish mexanizmlari hamda kasbiy rivojlantirish ta’lim dasturlarini joriy etish kabilar Institutning asosiy vazifalari etib belgilandi.
Shuningdek, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzurida Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi tashkil etildi.
Markazda 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim tashkilotlarining pedagog kadrlari uchun “Filologiya va tillarni o‘qitish”, “Xorijiy til va adabiyot (tillar bo‘yicha)”, “Tarjima nazariyasi va amaliyoti” yo‘nalishlari bo‘yicha qayta tayyorlash hamda malaka oshirish kurslari tashkil etilishi belgilandi.
Manba: t.me/eduuz;
✅Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
http://ashpk.uz
https://t.me/Andpedkoll
https://www.facebook.com/groups/211715867145976/permalink/884862053164684/