Kollej haqida
Muhammad
Sport musobaqalari
Kollej ko'rinishi
Axborot resurs markazi

###M.Madazimov bitiruvchilarga tabrik ##Bitiruvchi-2024

Andijon viloyati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshqarmasi boshlig‘i M.Madazimovning viloyat professional ta’lim muassasalari bitiruvchilariga tabrigi !!!

###M.Madazimov bitiruvchilarga tabrik ##Bitiruvchi-2024

Aziz professional ta’lim muassasalari bitiruvchilari!

Yurtimiz taraqqiyoti, farovonligi va tinchligi yo‘lida Vatanga beminnat xizmat qilishga shaylangan, ushbu yo‘lda o‘zlari tanlagan kasblar bo‘yicha ustozlardan ta’lim va tarbiya olib, bugungi kunda mustaqil hayotgan qadam qo‘yishga shay aziz bitiruvchilarni shaxsan o`zim, hamda barcha ustozlar nomidan chin dildan tabriklayman!

Ushbu yilda viloyatimizda 66 ta professional ta’lim muassasalarini 16 770 nafar o‘quvchilar yuzdan ortiq mutaxassisliklar bo‘yicha bitirmoqdalar. Ulardan 2797 nafari ta’lim muassasalarini imtiyozli diplom bilan tamomlayotgan bo‘lsa, 66 nafar bitiruvchilar chet el va yurtimizdagi oliy o‘quv yurtlariga muddatidan oldin o‘qishga kirish imkoniyatini qo‘lga kiritganligi bizni juda quvontiradi.

Aziz bitiruvchilar!

Muhtaram Prezidentimizning 30 iyun – "Yoshlar kuni" munosabati bilan O‘zbekiston yoshlariga yo‘llagan tabrigida yoshlarga qarata “Yoshlikning har bir daqiqasini g‘animat bilib, doimo bunyodkorlik va ijodkorlik hissi bilan, Vatanga cheksiz mehr va sadoqat tuyg‘usi bilan yashasangiz albatta kam bo‘lmaysiz" deb aytgan so‘zlariga doimo amal qilib, kelajakda ustozlar va ota-onangizni ishonchini oqlashingiz, yurtimiz taraqqiyoti hamda tinchligi uchun fidokorona xizmat qilishingizga ishonamiz.

Vatan oldida yuzingiz yorug‘ va kelajakka qo‘ygan qadamlaringiz qutlug‘ bo‘lsin, aziz bitiruvchi yoshlar!

✅Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
http://ashpk.uz
https://t.me/Andpedkoll
https://www.facebook.com/groups/211715867145976/permalink/884862053164684/