##O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT GERBI QABUL QILINGAN KUN.
- 2-07-2024, 07:59
- 61
- 0
- ---
2-IYUL O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT GERBI QABUL QILINGAN KUN.
“O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida” (https://lex.uz/acts/-17260)gi qonun 1992-yil 2-iyulda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida qabul qilingan bo‘lib, bugun 32 yil to‘ldi.
❗️ O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi davlat mustaqilligining ramzidir. Gerb davlat bayroqlarida, muhrda, muhim hujjat, pul va davlat zayomlarida tasvirlanadi.
O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi quyidagi ko‘rinishga ega: tog‘lar, daryolar va so‘l tomoni bug‘doy boshoqlaridan, o‘ng tomoni esa chanoqlari ochilgan g‘o‘za shoxlaridan iborat chambarga o‘ralgan gullagan vodiy uzra quyosh zarrin nurlarini sochib turadi. Gerbning yuqori qismida respublika hurligining ramzi sifatida 8 burchak tasvirlangan bo‘lib, uning ichki qismida yarim oy va yulduz tasviri bor. Gerbning markazida baxt va erksevarlik ramzi – qanotlarini yozgan Xumo qushi ko‘rinadi.
(Manba: https://t.me/ijtimoiy_manaviy_tadqiqotlar)
✅Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
http://ashpk.uz
https://t.me/Andpedkoll
https://www.facebook.com/groups/211715867145976/permalink/884862053164684/