Qo'shimcha kalendar
«    Fevral 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
26272829 
Kollej haqida
Muhammad
Sport musobaqalari
Kollej ko'rinishi
Axborot resurs markazi
  • ---
  • 0
diqqat_muhim_ma'lumot
Akademik litsey va professional ta’lim muassasalari pedagog xodimlari diqqatiga!
diqqat_muhim_ma'lumot

Ayni kunlarda pedagoglarni attestatsiyadan o‘tkazish va ularga malaka toifasini berishning avtomatlashtirilgan yangi tizimi – pedagog.edu.uz platformasi orqali hujjatlar qabuli davom etmoqda. (https://t.me/eduuz/19533) Talabgorlarga qulaylik yaratish, ularga attestatsiya jarayonlari haqida huquqiy tushuncha berish, shuningdek tizimdan ro‘yxatdan o‘tish borasida amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida alohida “Call-center” ishga tushirildi.
Endilikda talabgorlar attestatsiyadan o‘tkazish va malaka toifasini olish jarayoni yuzasidan savollariga 55 520-08-08 (75 ichki) raqami yoki maxsus Telegram bot (https://t.me/pedagog_supportbot) orqali javob olishlari mumkin. “Call-center” xizmati yakshanba kundan tashqari har kuni soat 9:00 dan 18:00 ga qadar faoliyat ko‘rsatadi.
Eslatma: ushbu xizmat faqat o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlariga lavozim va malaka toifalarini berish tizimi pedagog.edu.uz platformasi va attestatsiya jarayonlariga taalluqli savollarga javob berish uchun tashkil etildi. Boshqa masalalar yuzasidan 1006 Ishonch telefoni orqali murojaat qilinadi.
(Ushbu habar Edu.uz saytidan olindi)
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
http://ashpk.uz
https://t.me/Andpedkoll
https://www.facebook.com/groups/211715867145976/permalink/884862053164684/
  • ---
  • 0
Andijon shahar pedagogika kolleji xodimi M.Mamatxonova tomonidan Andijon tumani 29-son ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabining 11-sinf bitiruvchilari uchun "Andijon shahar pedagogika kolleji - qabul_2024" targ'ibot tadbiri o'tkazildi. Uchrashuvda bitiruvchi yoshlar o'zlarini qiziqtirgan savollarga kollej o'qituvchi xodimlaridan javob olishdi. Targ'ibot tadbirlari belgilangan reja asosida kollej xodimlari tomonidan muntazam amalga oshirib kelinmoqda.
#targ'ibot_#o'qishga_marhamat
#targ'ibot_#o'qishga_marhamat
#targ'ibot_#o'qishga_marhamat

✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
http://ashpk.uz
https://t.me/Andpedkoll
https://www.facebook.com/groups/211715867145976/permalink/884862053164684/