Kollej haqida
Muhammad
Sport musobaqalari
Kollej ko'rinishi
Axborot resurs markazi
  • Информация
  • 0
ANDIJON PEDAGOGIKA TEXNIKUMIGA O'QISHGA MARHAMAT !!!

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 158-sonli farmoni asosida Andijon pedagogika kolleji Andijon pedagogika texnikumiga aylantirilib, 9-11-sinflar bitiruvchilariga quyidagi zamonaviy va talabgir yo'nalishlarda sifatli ta'lim olish hamda ikkinchi bosqichdan imtihonsiz oliy ta'lim muassasasi talabasi bo'lish imkonini beradi.

Texnikumda quyidagi yo'nalishlarda mutaxassislar tayyorlanadi.

✅Maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachisi
✅ Maktabgacha taʼlim tashkiloti uslubchisi
✅ Jismoniy tarbiya va sport
✅ Musiqa nazariyasi
✅ Kutubxonashunoslik va bibliografiya
✅ Kompyuter grafikasi va dizayn operatori
✅ Kompyuter injiniring
✅ Dastgohli rangtasvir rassomi
✅Avtomobillarni taʼmirlash va ularga xizmat koʻrsatish
✅ Tikuvchi hamda
✅ Oshpaz


Manzil: Andijon shahar,
Kengash MFY Ahmadbek Xoji ko’chasi 78 B uy

tel: +998 91 600-36-07
Mo’ljal: Mebel fabrikasi yonida

✅Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
http://ashpk.uz
https://t.me/Andpedtex
https://www.facebook.com/groups/611522011357761/?ref=share&mibextid=NSMWBT
  • ---
  • 0
Hurmatli abituriyentlar !

@mandat_javobbot orqali qaysi oliygohda qanday yo‘nalishlar borligi va har birining o‘tish ballari bilan tanishish mumkin.

@sinovtestuz_bot orqali abituriyentlar uchun maxsus diagnostik testlarni ishlab, o'z bilimingizni bepulga sinovdan o'tkazishingiz mumkin!

@ruxsatnoma_uzbmb_bot orqali abituriyentlar ruxsatnomasini tez va oson yuklab olishlari mumkin.

✅Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
http://ashpk.uz
https://t.me/Andpedtex
https://www.facebook.com/groups/611522011357761/?ref=share&mibextid=NSMWBT
  • Информация
  • 0
Hurmatli abituriyentlar!

Test sinovlari kuni shaxsni tasdiqlovchi pasport (ID-karta)ning asli majburiy ravishda taqdim etilishi shart. Aks holda siz test sinoviga kiritilmaysiz!

2025-yil 1-iyuldan boshlab my.gov.uz orqali pasport va boshqa hujjatlarning elektron shakllari rasman tan olinadi. Biroq bu test sinovlariga taalluqli emas, chunki:

Test sinovi hududiga mobil telefon va boshqa raqamli qurilmalarni olib kirish qatiyan taqiqlangan.

Shuning uchun sizda pasportning asl nusxasi – ID-karta yoki biometrik pasport bo‘lishi shart.

Yodingizda bo‘lsin:

✅ Pasport (ID-karta) asl nusxasi;
✅ Abituriyent ruxsatnomasi — testga kirishda talab etiladi.

Test sinovlariga kech qolmang, hujjatlaringizni avvaldan tayyorlab qo‘ying.

✅Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
http://ashpk.uz
https://t.me/Andpedtex
https://www.facebook.com/groups/611522011357761/?ref=share&mibextid=NSMWBT
  • ---
  • 0
2025-2026-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovlari 14-iyuldan 23-iyulga (10 kun) qadar bo‘lib o‘tadi.

Test sinovlari kuniga 2 smenada tashkil etiladi. 1-smena soat 08:00 da, 2-smena 15:00 da boshlanadi. Abituriyentlardan test sinovlari boshlanishidan kamida bir yarim soat oldin belgilangan hududga yetib kelishlari talab etiladi.

✅Test sinovlarida ishtirok etish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi” my.uzbmb.uz sayti orqali berilmoqda.

⚡️ Abituriyentlardan o‘zlariga tegishli “Abituriyent ruxsatnomasi”ni yuklab olishlarini hamda chop etib qo‘yishlarini so‘raymiz.

Abituriyentlar ruxsatnomada belgilangan manzildagi binoda, ko‘rsatilgan sanada va smenada test sinovlarida ishtirok etadi. Abituriyentlarga boshqa hudud, kun va smenada test sinovlarida ishtirok etishga ruxsat etilmaydi.

Abituriyentlar test sinoviga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim.

Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi!


✅Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
http://ashpk.uz
https://t.me/Andpedtex
https://www.facebook.com/groups/611522011357761/?ref=share&mibextid=NSMWBT