#qonunchilik_yangiliklari
- Kecha, 15:45
- 3
- 0
- Информация
#qonunchilik_yangiliklari
Mustaqilligimizning 34 yilligi “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida keng nishonlanadi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 10-iyuldagi PQ-222-son qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz to‘rt yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.
Qarorga muvofiq:
Bayram “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” degan g‘oya asosida yuqori saviyada nishonlanadi;
Maxsus Respublika komissiyasi tashkil etiladi va har bir hududda chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqiladi;
Tadbirlar doirasida adabiy-badiiy kechalar, ochiq muloqotlar, targ‘ibot ishlari, sport va madaniy tadbirlar o‘tkaziladi;
Ta’lim, sog‘liqni saqlash, iqtisodiyot, yoshlar, fan, sport, armiya va xalqaro hamkorlik sohalaridagi yutuqlar asosiy mazmun sifatida ilgari suriladi.
“Ona diyor – ranglar jilosi”, “Vatan uchun yashaylik!”, “Eng ulug‘, eng aziz” kabi an’anaviy ko‘rik-tanlovlar yuqori saviyada o‘tkaziladi.
Bayram tadbirlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida keng ko‘lamda o‘tkaziladi.
✅Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
http://ashpk.uz
https://t.me/Andpedtex
https://www.facebook.com/groups/611522011357761/?ref=share&mibextid=NSMWBT