Kollej haqida
Muhammad
Sport musobaqalari
Kollej ko'rinishi
Axborot resurs markazi

##ekologiya

  • 22-08-2024, 08:20
  • 12
  • 0
  • Информация
##ekologiya

O‘zbekistonda tabiat himoyachilari va eng toza mahallalar taqdirlanadi

Chiqindi va tozalash ishlari sohalari xodimlarini rag‘batlantirish, mahallalarni toza, chiqindilardan xoli hududga aylantirishga qaratilgan sa'y-harakatlarni qo'llab-quvvatlash maqsadida "Tabiat uyg‘unligi himoyachisi" va "Eng toza mahalla" tanlovlari o‘tkaziladi. Bu O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-avgustdagi "Tabiat uyg‘unligi himoyachisi" va "Eng toza mahalla" tanlovlarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 514-sonli qarorida belgilab qo‘yilgan.

Qarorga ko‘ra, "Tabiat uyg‘unligi himoyachisi" tanlovida sanitar tozalash korxonalarining chiqindilarni yuklash, tashish, joylashtirish va saralash ishlarini bajaradigan hamda obodonlashtirish boshqarmalarining tozalash ishlari bilan shug'ullanuvchi kamida 10 yil sadoqatli mehnat qilgan xodimlar qatnashishi mumkin. Tanlov 1-sentabrda boshlanib, g‘oliblar 8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun arafasida aniqlanadi va munosib taqdirlanadi. G'oliblarning davlat oliy ta'lim muassasalariga o'qishga kirgan farzandlari yoki nevaralariga bir yillik kontrakt to‘lovi (bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravari miqdoridan oshmagan qismi) to‘lab beriladi.


✅Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
http://ashpk.uz
https://t.me/Andpedkoll
https://www.facebook.com/groups/211715867145976/permalink/884862053164684/
https://www.youtube.com/channel/UC5AVk1jWt_gEsesIz_kSQwQ