Kollej haqida
Muhammad
Sport musobaqalari
Kollej ko'rinishi
Axborot resurs markazi

#savollarga_javoblar

#savollarga_javoblar

SAVOL: Joriy yilda maktabning 11-sinfini tamomladim, lekin haligacha attestat berilmadi. Oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tishda attestatni kutishim kerakmi yoki ro‘yxatdan o‘tsam bo‘ladimi?

JAVOB: my.uzbmb.uz sayti orqali oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tishda tugatgan ta’lim muassasasi ma’lumotlarini kiritish lozim.

Lekin joriy yil bitiruvchilari (umumta’lim maktablari, kasb-hunar maktablari va akademik litseylarning joriy yil bitiruvchilari) mazkur ma’lumotni to‘ldirmaydi.

Joriy yil bitiruvchilarining tugatgan ta’lim muassasasi ma’lumotlari tegishli vazirliklarning axborot tizimidan integratsiya orqali olinadi.

Bunda joriy yil bitiruvchilari attestat berilishini kutmasdan, my.uzbmb.uz sayti orqali oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul uchun ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

Manba: Bilim va malakalarni baholash agentligi (t.me/BaholashUz)

✅Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
http://ashpk.uz
https://t.me/Andpedkoll
https://www.facebook.com/groups/211715867145976/permalink/884862053164684/