Kollej haqida
Muhammad
Sport musobaqalari
Kollej ko'rinishi
Axborot resurs markazi

##yangiliklar_Professional ta'lim

##yangiliklar_Professional ta'lim
##yangiliklar_Professional ta'lim

Endilikda texnikumlarning muvaffaqiyatli bitiruvchilari OTM larga ikkinchi kursdan o‘qishga kirishi uchun belgilangan kreditni to‘plashi kerak.

Hukumatining tegishli (11.01.2022-yildagi 17-son) qarori bilan (https://lex.uz/ru/docs/-5818575) texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga suhbat asosida o‘qishga qabul qilish yo‘lga qo‘yilgan edi.

Joriy yilgi qabulda ham ushbu nizomdagidek, texnikumdagi butun o‘qish davrida o‘quv semestrlari yakuniga ko‘ra o‘zlashtirish baholari 5 (a’lo) va 4 (yaxshi), biroq o‘zlashtirish baholarining kamida 50 foizi (tibbiyot oliy ta’lim muassasalari uchun kamida 85 foizi) 5 (a’lo) bo‘lganlar muvaffaqiyatli tamomlaganlar bitiruvchilar hisoblanadi.

Shunday yoshlar tegishli ta’lim yo‘nalishiga suhbat asosida o‘qishga qabul qilinadi.

Asosiy o‘zgarishlardan biri, texnikumlarda ham 2023/2024-o‘quv yilidan boshlab kredit-modul tizimi joriy etilganligidir.

Endi talabalar OTM larga suhbat asosida ikkinchi kursdan o‘qishga kirishlari uchun belgilangan darajadagi kreditni yig‘ishi kerak bo‘ladi. Yetarlicha kreditni to‘plagan, faol bitiruvchilargina suhbat bosqichiga o‘tadi.

Ikkinchi bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tganlar tegishli (texnikumda tahsil olgan) yo‘nalish doirasida OTM larga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadi.

Ushbu yangi tartib 2023/2024-o‘quv yilida texnikumga qabul qilinganlarning o‘qishni tugatadigan yilidan boshlab kuchga kiradi.

✔ @mandat_javobbot orqali qaysi oliygohda qanday yoʻnalishlar borligi va har birining oʻtish ballari bilan tanishish mumkin.

Manba: talimxabarlari.uz sayti va Ta’lim nazorati rasmiy kanali (https://t.me/uztdi),

✅Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
http://ashpk.uz
https://t.me/Andpedkoll
https://www.facebook.com/groups/211715867145976/permalink/884862053164684/