Kollej haqida
Muhammad
Sport musobaqalari
Kollej ko'rinishi
Axborot resurs markazi

##qabul-2024

##qabul-2024
Test sinovi o‘tkaziladigan binolar

Bilimni baholash agentligining rasmiy saytiga 2024-2025-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovi o‘tkaziladigan binolar bo‘yicha ma’lumotlar joylashtirildi (https://uzbmb.uz/page/test_2024).

✅ Unda quyidagi ma’lumotlar aks etgan:

✅ Test sinovi o‘tkaziladigan hududning rasmi;
✅ Hududga kirish joylari;
✅ Test sinovi o‘tkaziladigan joy nomi;
✅ Test sinovi o‘tkaziladigan joy manzili;
✅ Bino raqami;
✅ Test sinovi o‘tkaziladigan guruhlar;
✅ Joylarning google xaritadagi joylashuvi (geolokatsiyasi).

Test sinovlarini o‘tkaziladigan binolar:
https://uzbmb.uz/page/test_2024

Mazkur sahifadan tegishli hududni tanlab, ushbu hududdagi test sinovi o‘tkaziladigan binolar bo‘yicha ma’lumotlar bilan tanishishingiz mumkin. Shuningdek, "Abituriyent ruxsatnomasi"da berilgan QR-kod orqali bino joylashgan manzilni aniqlash imkoni mavjud.

Hurmatli abituriyentlar! Test sinovlariga kech qolmang! O‘zingiz bilan pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasini olishni unutmang (aks holda test sinoviga kira olmaysiz).

Manba: Bilim va malakalarni baholash agentligi (t.me/BaholashUz)


✅Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
http://ashpk.uz
https://t.me/Andpedkoll
https://www.facebook.com/groups/211715867145976/permalink/884862053164684/