##Qabul-2024
- 12-07-2024, 10:48
- 56
- 0
- ---
❗️Test sinovlari 14-25-iyul kunlari bo’lib o’tadi.
Avvalroq, test sinovlari 28-iyulga qadar (15 kun) o’tkazilishi aytilgan edi. Ammo kutilganidan kamroq abituriyentlar hujjat topshirgani uchun test sinovlari 12 kunda tugaydigan bo’ldi. Oxirgi test sinovi 25-iyulda o’tkaziladi.
Joriy yilda ham test sinovlari 2 smenada o’tkaziladi.
1-smena: soat 08:00 da;
2-smena: soat 15:00 da boshlanadi.
Abituriyentlardan test sinovlari boshlanishidan kamida 1 yarim soat oldin belgilangan hududga yetib kelishlari talab etiladi.
Demak, 1-smena soat 06:30 da, 2-smena soat 13:30 da test o’tadigan joyga kelishi kerak.
Abituriyentlar test sinoviga 2 ta hujjat olib borishlari lozim:
✅ pasport yoki ID-karta;
✅ abituriyent ruxsatnomasi.
Boshqa hech qanaqa hujjat shart emas. Shuningdek, ruchka va suvni ichkarida o’zlari berishadi. Hisob-kitob talab qilinadigan fanlarda esa qoralama uchun savollar kitobining o’zida ochiq hududlar tashlab ketilgan bo’ladi (alohida bo’sh qog’oz berishmas ekan).
❗️Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi!
Manba: t.me/t.me/xushnudbek;
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
http://ashpk.uz
https://t.me/Andpedkoll
https://www.facebook.com/groups/211715867145976/permalink/884862053164684/