Kollej haqida
Muhammad
Sport musobaqalari
Kollej ko'rinishi
Axborot resurs markazi

#Besh_tashabbus_olimpiadasi #kasblar_tanlovi

  • 14-08-2024, 12:59
  • 37
  • 0
  • Информация
#Besh_tashabbus_olimpiadasi #kasblar_tanlovi

Kasblar tanlovining ilk bosqichiga start berilmoqda.

“Besh tashabbus olimpiadasi” nafaqat sport, ta’lim, intellektual o‘yinlar balki, kasblar bo‘yicha ham iste’dod egalariga maydon yaratgan.

✅Bu yilgi Kasblar tanlovi “Men kelajakman” shiori ostida 15-20-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi. Mamlakatimizning 9 452 ta mahallasida yoshlar o‘z kuch va bilimlarini saralash bosqichida sinovdan o‘tkazishadi.

✅Tanlov yosh quruvchi (suvoqchi), dizaynerlik (tikuvchi), elektromontaj, novvoychilik va payvandlash yo‘nalishlarida tashkil etiladi.

Tanlovning respublika final bosqichida 1-o‘rin sohiblari 2025-yilda Tayvanda o‘tkaziladigan “Worldskills Asia-2025” xalqaro kasblar musobaqasida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadilar. Bu nafaqat yurtimizda, balki xalqaro maydonda ham yuksak e’tirofga sazovor bo‘lish imkoniyati!

Sizda ishtirok etish uchun haliyam imkon bor. Hoziroq 5tashabbus.uz orqali ro‘yxatdan o‘ting va musobaqalarga tayyorgarlikni boshlang!

Manba: https://t.me/yoshlaragentligi

✅Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
http://ashpk.uz
https://t.me/Andpedkoll
https://www.facebook.com/groups/211715867145976/permalink/884862053164684/
https://www.youtube.com/channel/UC5AVk1jWt_gEsesIz_kSQwQ