##Prezident_qarori
- 23-07-2024, 09:45
- 73
- 0
- ---
Oktyabr oyining birinchi haftasi Siyosiy qatag‘on qurbonlarini yod etish haftaligi sifatida nishonlanadi.
“Siyosiy qatag‘on qurboni bo‘lgan yurtdoshlarimiz hayoti va faoliyatini o‘rganish, targ‘ib etish hamda ularning xotirasini abadiylashtirish borasidagi ishlarni kengaytirish to‘g‘risida”gi Prezident Qarori (PQ-270-son, 19.07.2024 y.) qabul qilindi
Qarorga ko‘ra, 2021–2024 yillar davomida Oliy sud tomonidan 1 ming 200 dan ziyod siyosiy qatag‘on qyrbonlarining nomlari oqlangan.
Siyosiy qatag‘on qurboni bo‘lgan yurtdoshlarimizning hayoti va faoliyatini o‘rganish hamda ularning xotirasini abadiylashtirish ishlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika komissiyasi tashkil etiladi.
Har yili oktyabr oyining birinchi haftasi mamlakatimizda Siyosiy qatag‘on qurbonlarini yod etish haftaligi sifatida nishonlanadi.
Hujjatning rasmiy to‘liq matni:
https://lex.uz/pdfs/7027939
Manba: LEX.UZ – O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi telegram kanali (https://t.me/lexuzofficial)
✅Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
http://ashpk.uz
https://t.me/Andpedkoll
https://www.facebook.com/groups/211715867145976/permalink/884862053164684/
https://www.youtube.com/channel/UC5AVk1jWt_gEsesIz_kSQwQ