Kollej haqida
Muhammad
Sport musobaqalari
Kollej ko'rinishi
Axborot resurs markazi
  • ---
  • 0
❗️Abituriyentlar diqqatiga!
2024-2025 o‘quv yili uchun my.uzbmb.uz saytida ro‘yxatdan o‘tish jarayonida quyidagilarga e’tibor qaratish lozim:

➖ abituriyentlar 5 iyundan 25 iyunga qadar (25 iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tadi. Bunda abituriyentlar faqat test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini tanlaydi xolos;

➖ agar kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘lsa, ushbu imtihonni topshiradigan davlat oliy ta’lim muassasasini tanlaydi. Bunda aynan o‘zi kirmoqchi bo‘lgan OTMda ijodiy imtihon topshirish shart emas. Masalan, kimdir O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiya universitetiga kirmoqchi bo‘lsa, unda ijodiy imtihonni istalgan hududda, aytaylik Buxoro yoki Andijonda topshirsa ham bo‘ladi;

➖ test topshirish hududi qismida So‘x va Denov tumani ham bor. Ya’ni So‘x tumanidagilar Farg‘ona shahriga, Denov hamda uning atrofidagi tumanlar Termiz shahriga kelishi shart emas;

➖ avvalgi yillarda bitirganlar testga kirish uchun 170 ming so‘m miqdorida to‘lov qilishi lozim. To‘lovni 25 iyungacha bo‘lib to‘lash ham mumkin, undan kechiksa, testga kiritilmaydi;

➖ fikri o‘zgarib qolgan abituriyent 25 iyungacha qayta ariza topshirsa ham bo‘ladi. 25 iyundan keyin arizani o‘zgartirishga ruxsat berilmaydi;

Imtihonlar iyul–avgust oylarida o‘tkaziladi.

❗️OTMlarda qanday yo‘nalishlar borligi va har birining o‘tish ballari bilan @mandat_javobbot orqali tanishish mumkin.

(Manba: t.me/segmentuz)

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
http://ashpk.uz
https://t.me/Andpedkoll
https://www.facebook.com/groups/211715867145976/permalink/884862053164684/
  • ---
  • 0
##iqtibos

Yangi O‘zbekistonning asosiy ustuni — bilim, ta’lim va tarbiya bo‘ladi.

Shavkat Mirziyoyev

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
http://ashpk.uz
https://t.me/Andpedkoll
https://www.facebook.com/groups/211715867145976/permalink/884862053164684/
  • ---
  • 0
##Qonunchilik_yangiliklari

❗️Prezident tomonidan “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonun imzolandi

Qonun davlat organlariga va mahalliy davlat hokimiyati organlariga, davlat muassasalariga, davlat unitar korxonalariga, davlat maqsadli jamg‘armalariga, shuningdek ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz miqdorda va undan ortiq bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlariga nisbatan tatbiq etiladi.

Qonunda davlat organining yoki boshqa tashkilotning xodimi, manfaatlar to‘qnashuvi, manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish bo‘yicha maxsus bo‘linma, shaxsiy manfaatdorlik, yaqin qarindoshlar kabi asosiy tushunchalar kiritildi.

Quyidagi shaxslar davlat organining yoki boshqa tashkilotning xodimiga aloqador shaxslar deb e’tirof etiladi:

➖ davlat organi yoki boshqa tashkilot xodimining yaqin qarindoshlari;

➖ davlat organining yoki boshqa tashkilotning xodimi va (yoki) uning yaqin qarindoshlari qaysi yuridik shaxsning ustav fondi (ustav kapitali) aksiyalariga yoki ulushlariga egalik qilsa, o‘sha yuridik shaxs;

➖ davlat organining yoki boshqa tashkilotning xodimi yoxud uning yaqin qarindoshlari qaysi yuridik shaxsda boshqaruv organining rahbari yoki a’zosi bo‘lsa, o‘sha yuridik shaxs.

➖ Qonunga ko‘ra, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organidir.

Davlat organi yoki boshqa tashkilot xodimi tomonidan qonun talablariga rioya etilishi ustidan nazorat ushbu davlat organida yoki boshqa tashkilotda tuzilgan odob-axloq komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 6 oy o‘tgach kuchga kiradi.

Manba: (https://t.me/hrassistant_uz)


✅Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
http://ashpk.uz
https://t.me/Andpedkoll
https://www.facebook.com/groups/211715867145976/permalink/884862053164684/
  • ---
  • 0
#Qabul2024   #abituriyent2024

✅ 2024-2025-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi.

Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish my.uzbmb.uz saytining “Oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul” bo‘limi orqali amalga oshirilmoqda.

Ro‘yxatga olish 2024-yil 5-iyundan 25-iyunga qadar (shu kuni ham) amalga oshiriladi.
Bundan tashqari barcha fuqarolarimiz Agentlikning 1195 ishonch telefoniga murojaat qilgan holda o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishlari mumkin.

▶️ Youtube dagi videoqo‘llanma orqali ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha to‘liq ma’lumotga ega bo‘lish mumkin.(https://youtu.be/IU_udMVbWBo) (HD formatda)

Manba: Ushbu xabar Bilim va malakalarni
baholash agentligi hamda Oliy ta'lim fan va innovatsiyalar vazirligi rasmiy saytidan olindi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
http://ashpk.uz
https://t.me/Andpedkoll
https://www.facebook.com/groups/211715867145976/permalink/884862053164684/
  • ---
  • 0
5 iyun — Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni
##5 iyun — Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni
##5 iyun — Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni
Sana 1972 yil 15 dekabrda BMT tomonidan ta'sis etilgan bo‘lib, yillar davomida 100 dan ortiq mamlakatda nishonlab kelinmoqda. Butunjahon atrof-muhit kuni xalqaro miqyosda nishonlanadigan ekologik sanalar orasida mazmuni, mohiyatiga ko‘ra o‘zgacha kasb etadi. Mazkur sananing xalq orasida ekologlar bayrami, deya yuritilishining o‘ziyoq uning ekologik taqvimdagi bosh bayram, barcha eko sanalarning asosiysi, muqaddimasi ekanligini isbotlaydi.
Mazkur sana BMT Bosh Assambleyasining 1972 yil 15 dekabrda o‘tkazilgan 27-sessiyasida ta'sis etilgan. Anjumanda shuningdek, yangi tashkiliy tuzilma —Atrof-muhit muhofazasi bo‘yicha BMT Dasturi — YUNEPga asos solingan. Shundan beri YUNEP rahbarligida har yili butun jahonda atrof-muhit kuni nishonlanadi. Ushbu tadbir uchun nega aynan 5 iyun' sanasi tanlangan, degan savol tug‘iladi. Javob oddiy: aynan 5 iyunda Shvesiya poytaxti Stokgol'mda BMTning Atrof-muhit masalalariga bag‘ishlangan konfrensiyasi o‘z ishini boshlagan edi.
Stokgol'm konfrensiyasi yakunlari yuzasidan qabul qilingan rezolyusiyaga muvofiq ta'sis etilgan ekologik sana Yer yuzida istiqomat qiluvchi barcha insonlarni tabiat muhofazasi bilan bog‘liq faoliyatga jalb etish, keng jamoatchilik ongi-tafakkurida tabiiy resurslarni asrash, ulardan oqilona foydalanish orqali tabiiy boyliklarni kelgusi avlodlarga bezavol yetkazish mas'uliyatini anglatishga qaratilgan.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
http://ashpk.uz
https://t.me/Andpedkoll
https://www.facebook.com/groups/211715867145976/permalink/884862053164684/
  • ---
  • 0
‼️Qabul boshlanishiga 1 kun qoldi.
#abituriyent  #qabul2024 #ta'lim


Prezident farmoniga ko‘ra, joriy yilda ilk marta qabul jarayonlari “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq quyidagi ikki bosqichda amalga oshiriladi:

Birinchi bosqich: abituriyentlar 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tadi. Bunda abituriyentlar faqat test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini hamda kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘lsa, ushbu imtihonni topshiradigan davlat oliy ta’lim muassasasini tanlaydi;

Ya’ni birinchi bosqichda oliy ta’lim muassasasi tanlanmaydi. Abituriyentlar faqat qaysi fandan, qaysi tilda, qaysi hududda test topshirishini belgilaydi. “Men Yuridik universitetga topshirdim, men Tibbiyot akademiyasiga topshirdim” degan gaplar birinchi bosqichda bo‘lmaydi.

✅ Imtihonlar iyul–avgust oylarida o‘tkaziladi.

Ikkinchi bosqich: abituriyentlar test sinovlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng 15 kun davomida oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlaydi.

Ya’ni o‘zining olgan baliga qarab, testlar o‘tib bo‘lgandan keyin, qaysi oliygohning qaychi yo‘nalishiga topshirishini tanlaydi. O‘ylab olish, tahlil qilish uchun 15 kun vaqt bo‘ladi.

O‘qishga kira olmaganlar nima qiladi?

Mabodo abituriyentlar oliygohlarga kira olmasa, unda testda to‘plagan bali bilan kollej va (yoki) texnikumni tanlashi mumkin. O‘qishga kira olmaganlar uchun kollej yoki texnikum tanlashga OTMlarga qabulning yakuniy natijasi e’lon qilinganidan so‘ng yana 10 kun muddat beriladi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
http://ashpk.uz
https://t.me/Andpedkoll
https://www.facebook.com/groups/211715867145976/permalink/884862053164684/
  • ---
  • 0
##E'lonAndijon pedagogika kollejida korrupsiya va boshqa noqonuniy xolatlarni oldini olish maqsadida kollej direktori D.K.Kurbanovaning shaxsiy @ashpk_bot telegram boti ishga tushdi. Ushbu telegram bot orqali siz Andijon pedagogika kolleji direktori bilan bog'lanasiz. Shuningdek ta'lim sifatini ta'minlash borasida murojaat (taklif yoki shikoyat)laringizni ham yo'llashingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
http://ashpk.uz
https://t.me/Andpedkoll
https://www.facebook.com/groups/211715867145976/permalink/884862053164684/
  • ---
  • 0
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Andijon viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan 2024-yil 16-maydagi ta’lim muassasalarida o‘quvchi yoshlar o‘rtasida ijtimoiy-ma’naviy muhit sog‘lomlashtirish, jinoyatchilik, nazoratsizlik va huquqbuzarliklarni oldini olishda mahalliy hokimliklar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda keng jamoatchilik bilan hamkorlikda “dolzarb 20 kunlik” tadbirlari amalga oshirilishi belgilangan
Mazkur chora-tadbirlar ijrosi bo‘yicha Andijon pedagogika kollejida ham o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida “Kengash” MFY IIB proflaktik inspektori: U.Mamatxonov, Andijon shahar IIB 7553-sonli harbiy qism xizmatchilari hamda o‘quvchi yoshlar o‘rtasida davra suhbati, “Vatanparvarlik soati”, qo‘l telefonlarida turli pornografik, terrorizm va zo‘ravonlikni targ‘ib qiladigan hamda yot g‘oyalarni o‘zida jamlagan turli ma’lumotlarni tayyorlash, saqalash va tarqatishlarini oldini olish borasida “Telefon” tadbirlari, jinoyatchilikni oldini olish bo‘yicha o‘quvchi yoshlar va ota-onalar ishtirokida muhokama yig‘ilishlari o‘tkazildi.
##dolzarb_20_kunlik_tadbirlari
##dolzarb_20_kunlik_tadbirlari
##dolzarb_20_kunlik_tadbirlari
##dolzarb_20_kunlik_tadbirlari
##dolzarb_20_kunlik_tadbirlari
##dolzarb_20_kunlik_tadbirlari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
http://ashpk.uz
https://t.me/Andpedkoll
https://www.facebook.com/groups/211715867145976/permalink/884862053164684/
  • ---
  • 0

##iqtibosBiz ma’naviyat va ma’rifat ishini vatanparvarlik ishi, vijdon ishi, deb bilamiz. 

Shavkat Mirziyoyev

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
http://ashpk.uz
https://t.me/Andpedkoll
https://www.facebook.com/groups/211715867145976/permalink/884862053164684/
  • ---
  • 0
##iqtibos

Taraqqiyotning tamal toshi ham, mamlakatni qudratli, millatni buyuk qiladigan kuch ham bu - ilm-fan, ta’lim va tarbiyadir.

Shavkat Mirziyoyev.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
http://ashpk.uz
https://t.me/Andpedkoll
https://www.facebook.com/groups/211715867145976/permalink/884862053164684/