Kollej haqida
Muhammad
Sport musobaqalari
Kollej ko'rinishi
Axborot resurs markazi
  • ---
  • 0
##Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar diqqatiga!
Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar diqqatiga!

Hukumat qaroriga (https://lex.uz/docs/-5818575) asosan texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga 2-kursdan o‘qishga qabul qilish tartibi belgilangan.

Ushbu toifadagi abituriyentlar 2024-yil 5-iyuldan boshlab Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Yagona ta’lim xizmatlari portali my.edu.uz (https://youtu.be/mR0TNZz2Cuw?si=YFVvi2buTyyGue2V) orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tkazilmoqda.

Ro‘yxatdan o‘tishda abituriyent to‘g‘risidagi ma’lumotlar platformada avtomatik shakllanadi.

Ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoni joriy yilning 25-iyuliga qadar davom etadi.

Ma’lumot uchun, ushbu Nizom oliy harbiy, oliy harbiylashtirilgan ta’lim muassasalariga, Toshkent davlat yuridik universitetiga, O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari hamda ularning filiallariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Manba: t.me/eduuz;

✅Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
http://ashpk.uz
https://t.me/Andpedkoll
https://www.facebook.com/groups/211715867145976/permalink/884862053164684/
  • ---
  • 0
Andijon viloyati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshqarmasi boshlig‘i M.Madazimovning viloyat professional ta’lim muassasalari bitiruvchilariga tabrigi !!!

###M.Madazimov bitiruvchilarga tabrik ##Bitiruvchi-2024

Aziz professional ta’lim muassasalari bitiruvchilari!

Yurtimiz taraqqiyoti, farovonligi va tinchligi yo‘lida Vatanga beminnat xizmat qilishga shaylangan, ushbu yo‘lda o‘zlari tanlagan kasblar bo‘yicha ustozlardan ta’lim va tarbiya olib, bugungi kunda mustaqil hayotgan qadam qo‘yishga shay aziz bitiruvchilarni shaxsan o`zim, hamda barcha ustozlar nomidan chin dildan tabriklayman!

Ushbu yilda viloyatimizda 66 ta professional ta’lim muassasalarini 16 770 nafar o‘quvchilar yuzdan ortiq mutaxassisliklar bo‘yicha bitirmoqdalar. Ulardan 2797 nafari ta’lim muassasalarini imtiyozli diplom bilan tamomlayotgan bo‘lsa, 66 nafar bitiruvchilar chet el va yurtimizdagi oliy o‘quv yurtlariga muddatidan oldin o‘qishga kirish imkoniyatini qo‘lga kiritganligi bizni juda quvontiradi.

Aziz bitiruvchilar!

Muhtaram Prezidentimizning 30 iyun – "Yoshlar kuni" munosabati bilan O‘zbekiston yoshlariga yo‘llagan tabrigida yoshlarga qarata “Yoshlikning har bir daqiqasini g‘animat bilib, doimo bunyodkorlik va ijodkorlik hissi bilan, Vatanga cheksiz mehr va sadoqat tuyg‘usi bilan yashasangiz albatta kam bo‘lmaysiz" deb aytgan so‘zlariga doimo amal qilib, kelajakda ustozlar va ota-onangizni ishonchini oqlashingiz, yurtimiz taraqqiyoti hamda tinchligi uchun fidokorona xizmat qilishingizga ishonamiz.

Vatan oldida yuzingiz yorug‘ va kelajakka qo‘ygan qadamlaringiz qutlug‘ bo‘lsin, aziz bitiruvchi yoshlar!

✅Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
http://ashpk.uz
https://t.me/Andpedkoll
https://www.facebook.com/groups/211715867145976/permalink/884862053164684/

  • ---
  • 0
Kasbiy (ijodiy) imtihonlar uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

✅ Alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlariga ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlar 5-19-iyul kunlari bo‘lib o‘tadi.

Kasbiy (ijodiy) imtihonlar respublika bo‘yicha 53 ta oliy ta’lim muassasasida o‘tkaziladi (https://t.me/eduuz/23761).

Kasbiy (ijodiy) imtihonning aniq sanasi, vaqti va manzili ko‘rsatilgan ruxsatnoma abituriyentning shaxsiy kabinetida (my.uzbmb.uz saytida) e’lon qilindi.

Diqqat! Abituriyentlardan shaxsiy kabineti orqali kasbiy (ijodiy) imtihon ruxsatnomasini yuklab olish va imtihon o‘tkaziladigan joyga belgilangan vaqtdan bir soat oldin yetib borish so‘raladi.

Manba: Bilim va malakalarni baholash agentligi (t.me/BaholashUz)


✅Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
http://ashpk.uz
https://t.me/Andpedkoll
https://www.facebook.com/groups/211715867145976/permalink/884862053164684/
  • ---
  • 0

##O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT GERBI QABUL QILINGAN KUN.

2-IYUL O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT GERBI QABUL QILINGAN KUN.
“O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida” (https://lex.uz/acts/-17260)gi qonun 1992-yil 2-iyulda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida qabul qilingan bo‘lib, bugun 32 yil to‘ldi.


❗️ O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi davlat mustaqilligining ramzidir. Gerb davlat bayroqlarida, muhrda, muhim hujjat, pul va davlat zayomlarida tasvirlanadi.

O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi quyidagi ko‘rinishga ega: tog‘lar, daryolar va so‘l tomoni bug‘doy boshoqlaridan, o‘ng tomoni esa chanoqlari ochilgan g‘o‘za shoxlaridan iborat chambarga o‘ralgan gullagan vodiy uzra quyosh zarrin nurlarini sochib turadi. Gerbning yuqori qismida respublika hurligining ramzi sifatida 8 burchak tasvirlangan bo‘lib, uning ichki qismida yarim oy va yulduz tasviri bor. Gerbning markazida baxt va erksevarlik ramzi – qanotlarini yozgan Xumo qushi ko‘rinadi.

(Manba: https://t.me/ijtimoiy_manaviy_tadqiqotlar)

✅Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
http://ashpk.uz
https://t.me/Andpedkoll
https://www.facebook.com/groups/211715867145976/permalink/884862053164684/