So'ngi yangiliklar
Arxivdagi yangiliklar
- 9-08-2024, 11:53
- 71
- Информация
- 0
ANDIJON SHAHAR PEDAGOGIKA KOLLEJI
2024/2025-o’quv yili uchun quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha kunduzgi, sirtqi va dual ta’lim shakllari asosida o’qishga taklif etadi.
Kunduzgi ta’lim shaklida:
✅Maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachisi;
✅Jismoniy tarbiya va sport;
✅Musiqa rahbari;
✅Kutubxonashunoslik;
✅Kompyuter tizimlari va majmualari;
✅Axborot tizimlari(tarmoqlar bo‘yicha) ;
Sirtqi ta’lim shaklida:
✅Maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachisi;
✅Maktabgacha ta'lim tashkiloti oshpazi;
✅Jismoniy tarbiya va sport;
✅Musiqa rahbari;
✅Kompyuter tizimlari va majmualari;
Dual ta’lim shaklida:
✅Maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachisi;
✅Kutubxonashunoslik;
Murojaat uchun:
Qabul jarayonlari bilan bogʻliq qoʻshimcha maʼlumotlarni “Call-center” raqamlari
✅ +998905716114
✅ +998936938488
✅ +998990975855
✅ +998995335841
orqali olishingiz mumkin.
Manzil: Andijon shahar, Ahmadbek Xoji ko'chasi 78-"B" uy.
(Sobiq Andijon industrial-pedagogika kolleji)
Maʼlumot o'rnida:
Joriy yilda yuqoridagi mutaxassisliklar bo‘yicha Andijon viloyatida faqatgina Andijon shahar pedagogika kollejiga qabul parametrlari belgilangan.
Kollejlar kunduzgi ta'lim shakli qabul parametrlari toʻgʻrisida ma'lumot (https://t.me/eduuz/24635)
Kollejlar Sirtqi ta'lim shakli qabul parametrlari toʻgʻrisida ma'lumot (https://t.me/eduuz/24637)
Kollejlar Dual ta'lim shakli bo‘yicha qabul parametrlari (https://t.me/eduuz/24638)
✅Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
http://ashpk.uz
https://t.me/Andpedkoll
https://www.facebook.com/groups/211715867145976/permalink/884862053164684/
https://www.youtube.com/channel/UC5AVk1jWt_gEsesIz_kSQwQ
- 9-08-2024, 08:24
- 45
- ---
- 0
Kitob o‘qiydigan insonlar hayotda faol bo‘lishadi.
San’at milliy jamg‘armasi tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlar kitob o‘qiydigan insonlar madaniy va ijtimoiy hayotda ham faol bo‘lishlarini isbotladi.
Mutolaa xotirani va fikrlash qobiliyatini yaxshilaydi.
Har safar kitob o‘qilganida miya faol ishlaydi. U olinayotgan ma’lumotni saqlash uchun yangi tolalarni yaratadi. Tadqiqotlarda aniqlanishicha, doimiy ravishda kitob o‘qiydigan insonlarda fikrlash qobiliyati boshqalarga nisbatan sekinroq pasayar ekan.
Mutolaa so‘z boyligini oshiradi.
Kitob o‘qiyotgan paytda notanish so‘zlar ham uchrab qoladi. Ularning ma’nosini umumiy mazmuni orqali ham tushunib olsa bo‘ladi. Kitob o‘qish nafaqat so‘z boyligini ko‘paytiradi, balki umumiy savodxonlikni ham oshiradi.
Mutolaa yozuvchilik qobiliyatini rivojlantiradi.
Kitob o‘qish jarayonida muallifning yozish uslubi ham o‘quvchiga ta’sir ko‘rsatadi. Musiqa tinglash jarayonida musiqachining uslubi tinglovchiga o‘tgani singari yozuvchining uslubi ham o’quvchining yozish uslubiga ta’sir o‘tkazadi.
Mutolaa chet tilini o‘rganishni osonlashtiradi.
Doimiy ravishda kitob o‘qish boshqa tillarni o‘rganishda yangi so‘zlarni oson tushunishga va yodda saqlab qolishga yordam beradi.
Mutolaa tinglash qobiliyatini rivojlantiradi.
Qanchalik g‘alati tuyulmasin, kitob o‘qish tinglash qobiliyatini oshiradi, boshqalarni oson tushunishga yordam beradi. Bu ayniqsa, kitobni ovoz chiqarib o‘qiganda yanada samarali bo‘ladi.
Mutolaa ijodkorlik qobiliyatini rivojlantiradi.
Obafemi Avolau universiteti pedagoglari boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining mashg‘ulotlariga mavzuli komikslarni kiritishganida, suratlar va so‘zlar aralashmasi bolalarning ijodkorlik qobiliyatlarini oshirishini aniqlashdi. Kitoblar kattalarga ham ana shunday ta’sir ko‘rsatadi.
Mutolaa Altsgeymer xastaligiga chalinishning oldini oladi.
Qator tadqiqotlardan ma’lum bo‘lishicha, ko‘p kitob o‘qigan insonlar Altsgeymer kasalligiga kamroq chalinishar ekan. Miya ham xuddi boshqa a’zolar singari qo‘llab-quvvatlashga va mashqlar yordamida mustahkamlanishga muhtoj bo‘ladi. Kitob o‘qish esa bu borada eng samarali usuldir.
Birgalikda kitob o‘qish ota-onalar va bolalarning o‘zaro munosabatlarini yaxshilaydi.
Psixologlar birgalikda kitob o‘qish jarayonida ota-onalar va bolalar o‘rtasida o‘ziga xos munosabat o‘rnatiladi deb hisoblashadi. Ularning aytishlaricha, bunday munosabat birgalikda televizor ko‘rganda aslo paydo bo‘lmaydi.
Mutolaa moliyaviy qiyinchiliklarni bartaraf etishda yordam beradi.
Statistika ma’lumotlariga ko‘ra, umuman kitob o‘qimaydigan insonlarning 43 foizi qashshoqlikda yashaydi. Savodli insonlar orasida esa qashshoqlikda yashaydiganlar 4 foizni tashkil etadi.
Ko‘p kitob o‘qiydigan bolalar darslarni yaxshi o‘zlashtirishadi.
Tadqiqotlarda aniqlanishicha, kitob o‘qishni xush ko‘radigan bolalar maktabda ham yaxshi o’qishadi. Ular grammatikani ham, matematikani ham yaxshi o‘zlashtirishadi.
Mutolaa jinoyatchilikning oldini oladi.
O‘tkazilgan tadqiqotdan ma’lum bo‘lishicha, panjara ortida savodxonligini oshirgan jinoyatchilar ozodlikka chiqqanlaridan so‘ng boshqa jinoyatchilarga nisbatan jinoyatga 30 foiz kamroq qo‘l uradilar.
Mutolaa yaxshi hikoyago‘yga aylantiradi.
Inson kitobni qancha ko‘p o‘qisa, hikoya qilish qobiliyati shunchalik oshadi. Keraksiz gaplarni kamroq gapirib, keraklilarini yaxshiroq yetkazadigan bo‘ladi.
Mutolaa yaxshilik qilishga undaydi.
Faol kitobxonlar xayriya ishlari bilan boshqalarga nisbatan uch marta ko‘proq shug‘ullanishadi. Mutolaa muhtoj insonlarga yordam qo‘lini cho‘zishga undaydi.
✅Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
http://ashpk.uz
https://t.me/Andpedkoll
https://www.facebook.com/groups/211715867145976/permalink/884862053164684/
https://www.youtube.com/channel/UC5AVk1jWt_gEsesIz_kSQwQ
- 9-08-2024, 08:02
- 41
- ---
- 0
Har yili 9-avgust kuni butunjahon kitobsevarlar kuni sifatida nishonlanadi.
Ushbu kunga kim qachon asos solgani noma'lum. Mazkur bayram dastlab AQSHda kitobxonlar tomonidan norasmiy tarzda nishonlanib kelingan. Keyinchalik bu an'ana dunyoning turli nuqtalaridagi kitobxonlar orasida keng ommalashdi. Har yili ushbu sanada turli davlatlarda kitob do'konlari tomonidan ko'rgazmalar, yarmarkalar tashkil etilishi odat tusiga kirgan. Shoir-yozuvchilar o'zlarining yangi asarlari taqdimoti bilan kitobsevarlarni xushnud etadi. Zero, kitobxonlikni shu tarzda ommalashtirish mazkur bayram sanasining asosiy vazifalaridan sanaladi.
✅Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
http://ashpk.uz
https://t.me/Andpedkoll
https://www.facebook.com/groups/211715867145976/permalink/884862053164684/
https://www.youtube.com/channel/UC5AVk1jWt_gEsesIz_kSQwQ
- 9-08-2024, 07:47
- 26
- ---
- 0