So'ngi yangiliklar
Arxivdagi yangiliklar
- 22-08-2024, 12:00
- 30
- Информация
- 0
ABITURIYENTLAR DIQQATIGA !!!
HURMATLI ANDIJON SHAHAR PEDAGOGIKA KOLLEJIDA O'QISH ISTAGIDA BO'LGAN ABITURIYENTLAR.
Sizlardan my.uzbmb.uz sayti orqali shaxsiy kabinetingizga kirib, 18-avgustdan 10 kun muddat ichida kollejda ta'lim olmoqchi bo'lgan mutaxassisligingiz hamda ta’lim shaklini tanlashingiz so'raladi.
Murojaat uchun:
Qabul jarayonlari bilan bogʻliq qoʻshimcha maʼlumotlarni “Call-center” raqamlari
✅ +998936938488
✅ +998990975855
✅ +998995335841
orqali olishingiz mumkin.
Manzil: Andijon shahar, Ahmadbek Xoji ko'chasi 78-"B" uy.
(Sobiq Andijon industrial-pedagogika kolleji)
✅Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
http://ashpk.uz
https://t.me/Andpedkoll
https://www.facebook.com/groups/211715867145976/permalink/884862053164684/
https://www.youtube.com/channel/UC5AVk1jWt_gEsesIz_kSQwQ
- 22-08-2024, 11:41
- 43
- Информация
- 0
Imom Termiziy tavalludining 1200 yilligi keng nishonlanadi
“Imom Termiziy tavalludining 1200 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi Prezident Qarori (PQ-292-son, 15.08.2024 y.) qabul qilindi
Qarorga ko‘ra, 2024 yil oktyabr oyida Imom Termiziy tavalludining 1200 yilligi keng nishonlanadi.
2024 yil sentyabr-oktyabr oylarida Termiz davlat universiteti va O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Termiziy allomalarning ilmiy-ma’naviy merosi: o‘tmish va bugun” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi hamda Imom Termiziy hayoti va ilmiy faoliyatiga oid ilmiy maqolalar tanlovi o‘tkaziladi.
Hujjatning rasmiy to‘liq matni:
https://lex.uz/docs/7073285
Manba: https://t.me/lexuzofficial
✅Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
http://ashpk.uz
https://t.me/Andpedkoll
https://www.facebook.com/groups/211715867145976/permalink/884862053164684/:/
/www.youtube.com/channel/UC5AVk1jWt_gEsesIz_kSQwQ
- 22-08-2024, 08:20
- 28
- Информация
- 0
O‘zbekistonda tabiat himoyachilari va eng toza mahallalar taqdirlanadi
Chiqindi va tozalash ishlari sohalari xodimlarini rag‘batlantirish, mahallalarni toza, chiqindilardan xoli hududga aylantirishga qaratilgan sa'y-harakatlarni qo'llab-quvvatlash maqsadida "Tabiat uyg‘unligi himoyachisi" va "Eng toza mahalla" tanlovlari o‘tkaziladi. Bu O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-avgustdagi "Tabiat uyg‘unligi himoyachisi" va "Eng toza mahalla" tanlovlarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 514-sonli qarorida belgilab qo‘yilgan.
Qarorga ko‘ra, "Tabiat uyg‘unligi himoyachisi" tanlovida sanitar tozalash korxonalarining chiqindilarni yuklash, tashish, joylashtirish va saralash ishlarini bajaradigan hamda obodonlashtirish boshqarmalarining tozalash ishlari bilan shug'ullanuvchi kamida 10 yil sadoqatli mehnat qilgan xodimlar qatnashishi mumkin. Tanlov 1-sentabrda boshlanib, g‘oliblar 8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun arafasida aniqlanadi va munosib taqdirlanadi. G'oliblarning davlat oliy ta'lim muassasalariga o'qishga kirgan farzandlari yoki nevaralariga bir yillik kontrakt to‘lovi (bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravari miqdoridan oshmagan qismi) to‘lab beriladi.
✅Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
http://ashpk.uz
https://t.me/Andpedkoll
https://www.facebook.com/groups/211715867145976/permalink/884862053164684/
https://www.youtube.com/channel/UC5AVk1jWt_gEsesIz_kSQwQ