Kollej haqida
Muhammad
Sport musobaqalari
Kollej ko'rinishi
Axborot resurs markazi
  • Информация
  • 0
##Maqsad to‘g‘ri qo‘yilsa, natija bo‘ladi !!!

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev uch yil oldin Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlarida kuchli 15 talikka kirishimizni aytgan edi. Va bu uddalandi!
11 avgust kuni XXXIII yozgi Olimpiya o‘yinlarining so‘nggi kuni. O‘zbekiston medallar jamg‘arish bo‘yicha top-15 talikka kirdi. Bu mamlakatimizning Olimpiya o‘yinlaridagi tarixiy natijasidir.
Sportchilarimiz to‘rt yillikning eng nufuzli musobaqasida tarixiy rekordini yangiladi. Bu musobaqaning tarixiyligi shundaki, Mamlakatimiz sportchilari Parij-2024 Olimpiadasida dunyo bo‘yicha 13, Osiyoda 4, MDHda 1, Markaziy Osiyoda 1, Turkiy davlatlar orasida 1, musulmon davlatlari orasida 1-o‘rinni qo‘lga kiritdik.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 2021 yil 13 avgust kuni Tokio shahridagi yozgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan sportchilar, ularning ota-onalari va murabbiylari bilan uchrashuvda "Parijda bo‘lib o‘tadigan navbatdagi yozgi Olimpiadaga 100 dan ziyod lisenziyani qo‘lga kiritish va medallar bo‘yicha yetakchi 15 ta mamlakat qatoridan joy olish uchun hamma imkoniyatlarimiz bor", degan edi.
Qarangki, O‘zbekiston Parij olimpiadasida kuchli 15 talikdan joy oldi.
##Maqsad to‘g‘ri qo‘yilsa, natija bo‘ladi !!!

Maqsad to‘g‘ri qo‘yilsa, natija bo‘ladi. Imkoniyatlardan foydalanilsa kifoya.

Manba: https://www.yuz.uz

✅Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
http://ashpk.uz
https://t.me/Andpedkoll
https://www.facebook.com/groups/211715867145976/permalink/884862053164684/
https://www.youtube.com/channel/UC5AVk1jWt_gEsesIz_kSQwQ