Kollej haqida
Muhammad
Sport musobaqalari
Kollej ko'rinishi
Axborot resurs markazi
  • Информация
  • 0
#tanlov_2024 #Abituriyent_2024

Professional ta'lim muassasalariga tanlov boshlandi

✅ Oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar 2024-yil 18-avgustdan 27-avgustga qadar 10 kun davomida my.uzbmb.uz saytida professional ta’lim muassasasi (kollej yoki texnikum), kasb va mutaxassislik hamda ta’lim shaklini tanlashlari lozim.


Abituriyentlar tanlash muddati yakunlangunga qadar o‘z tanlovlarini o‘zgartirishlari mumkin.

Abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani to‘g‘risidagi yakuniy tanlov natijalari tanlash to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda e’lon qilinadi.


Manba: Bilim va malakalarni baholash agentligi (t.me/BaholashUz)


✅Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
http://ashpk.uz
https://t.me/Andpedkoll
https://www.facebook.com/groups/211715867145976/permalink/884862053164684/
https://www.youtube.com/channel/UC5AVk1jWt_gEsesIz_kSQwQ


  • Информация
  • 0
#Qabul_2024   ##Apellatsiya

Apellatsiya arizalarini qabul qilish boshlandi

✅ Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlar apellatsiya arizalarini my.uzbmb.uz saytida (shaxsiy kabineti orqali) onlayn tarzda 18-avgustdan 27-avgustga qadar (10 kun davomida) berishlari mumkin.

Abituriyent apellatsiya shikoyati berishi uchun test sinovida ishtirok etgan va test sinovidan chetlatilmagan bo‘lishi lozim.

Apellatsiya arizasini bergan abituriyentga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi.

Abituriyent xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat va xabarnoma bilan Bilimni baholash agentligiga kelishi kerak.

Apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish 2024-yil 22-avgustdan boshlanadi.

Manba: Bilim va malakalarni baholash agentligi (t.me/BaholashUz)

✅Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
http://ashpk.uz
https://t.me/Andpedkoll
https://www.facebook.com/groups/211715867145976/permalink/884862053164684/
https://www.youtube.com/channel/UC5AVk1jWt_gEsesIz_kSQwQ


  • Информация
  • 0
#abituriyent_2024 #tanlov #kollej #texnikum

Joriy yilda texnikum yoki kollejlarga alohida ro‘yxatdan o‘tib, imtihon topshirilmaydi

Prezidentning PF-81-son farmoniga asosan my.uzbmb.uz sayti orqali 5–25-iyun kunlari onlayn ro‘yxatdan o‘tib, kirish imtihonlarida qatnashgan abituriyentlar o‘z xohishiga ko‘ra, bugun 18-avgustdan kollej va texnikumlarga qabul tanlovida ham ishtirok etishi mumkin.

Buning uchun 27-avgustga qadar (shu kuni ham) my.uzbmb.uz saytida mutaxassislik fanlari (1- va 2-fan)ga mos kollej yoki texnikumning kasb va mutaxassisligi hamda ta’lim shaklini tanlashlari lozim. Shundan so‘ng abituriyentlar OTMga kirish imtihonlarida to‘plagan ballari bilan tanlovda ishtirok etadi.

Manba: (https://t.me/eduuz)

✅Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
http://ashpk.uz
https://t.me/Andpedkoll
https://www.facebook.com/groups/211715867145976/permalink/884862053164684/
https://www.youtube.com/channel/UC5AVk1jWt_gEsesIz_kSQwQ