Kollej haqida
Muhammad
Sport musobaqalari
Kollej ko'rinishi
Axborot resurs markazi

##Оʻqishni koʻchirish uchun arizalar qabuli boshlandi

##Оʻqishni koʻchirish uchun arizalar qabuli boshlandi

Bugundan o'qishni ko'chirish uchun ariza olish boshlanadi.

Vazirlar Mahkamasining 20.06.2017 yildagi 393-son qaroriga muvofiq, bugun 15-iyuldan OTMlarda o‘qishni ko‘chirish jarayonlari boshlanadi.
O‘qishni ko‘chirish uchun arizalar 5-avgustga qadar davom etadi va quyidagi 2 ta platforma orqali qabul qilinadi:


transfer.edu.uz — davlat OTMning biridan boshqasiga;
my.uzbmb.uz — xorijiy mamlakatlarda yoki respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat OTMdan davlat OTMlariga.

O‘zbekistondagi bir OTMdan boshqasiga ko‘chirish uchun esa faqat 2 ta toifa talabalarga ruxsat bor:

✅ Talaba turmushga chiqsa, turmush o‘rtog‘ining yashash joyidagi OTMga;
✅ Davlat xizmatchisining ish joyi o‘zgarganda farzandi yoki turmush o‘rtog‘i tegishli rahbar tavsiyanomasi bilan o‘qishini ko‘chirishi mumkin.

✅ O‘zbekistonning o‘zidagi xorijiy va xususiy OTM talabalari ham davlat OTMiga o‘tish uchun imtihon topshiradi.

Ushbu imtihonda talabalar quyidagi jadvalda ko‘rsatilgan ballarni to‘play olsa o‘qishini ko‘chira oladi:

O‘tish ballini to‘plolmaganlar "super-kontrakt" bilan qabul qilinishi mumkin.

✅ @mandat_javobbot orqali o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha fanlar majmuasi, baholash mezonlari, o‘tish ballari va super kontrakt miqdorlari bilan tanishingiz mumkin.

Abituriyentlarga o‘qishga kirishda beriladigan imtiyozlar "perevod"chilar uchun amal qilmaydi.

(Manba: https://t.me/uztdi;)

✅Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
http://ashpk.uz
https://t.me/Andpedkoll
https://www.facebook.com/groups/211715867145976/permalink/884862053164684/