##yangiliklar #ekologiya
- 2-08-2024, 08:58
- 38
- 0
- ---
O‘zbekistonda qayta ishlatilishi majburiy boʻlgan chiqindi tovarlari roʻyxati ishlab chiqildi.
Roʻyxatda plastmassalar, qogʻozlar, metallar, shishalar, kompozitli materiallar, batareya va akkumulyatorlar, qurilish chiqindisi kabi materiallar qayta ishlanishi boʻyicha kod raqamlari va belgilar qoʻyilgan. Zaruratga qarab majburiy boʻlgan chiqindi tovarlarining belgilari boʻyicha qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilib, tasdiqlanib boriladi.
Ro‘yxat Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-yanvardagi “Chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish va ularning ekologik vaziyatga salbiy taʼsirini kamaytirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 5-son Farmoniga muvofiq tuzildi va va 2024-yilning 25-iyunida tasdiqlandi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 7-iyuldagi “Oziq-ovqat mahsulotlariga tegib turadigan qadoqlarning xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida”gi 476-son qarorini hisobga olgan holda qayta ishlatilishi majburiy boʻlgan chiqindi tovarlarining belgilari boʻyicha tasdiqlangan roʻyxati 12 oydan keyin kuchga kiradi.
Ta'kidlash joizki, chiqindilarni qayta ishlash ikkilamchi xomashyolardan samarali foydalanishga imkoniyat beradi. Eng muhimi, bu orqali atrof-muhit ifloslanishining oldi olinadi.
Manba (https://gov.uz/eco/news/view/17498/)
✅Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
http://ashpk.uz
https://t.me/Andpedkoll
https://www.facebook.com/groups/211715867145976/permalink/884862053164684/
https://www.youtube.com/channel/UC5AVk1jWt_gEsesIz_kSQwQ