Kollej haqida
Muhammad
Sport musobaqalari
Kollej ko'rinishi
Axborot resurs markazi

## 24−25-avgust kunlari umumxalq xayriya hashari

  • 21-08-2024, 08:08
  • 106
  • 0
  • Информация
## 24−25-avgust kunlari umumxalq xayriya hashari

24−25-avgust kunlari O‘zbekistonda umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi

O‘zbekistonda 24−25-avgust kunlari umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi, deya xabar bermoqda Mahallalar uyushmasi matbuot xizmati.

Hashar “Mahalla obod — yurt obod” shiori ostida o‘tkaziladi. Undan ko‘zlangan maqsad mahallalar, aholi turar joylari, xiyobonlar, istirohat bog‘lari, ziyoratgohlar va qabristonlar va boshqa joylarni obodonlashtirishdan iborat.

Ma’lumot uchun, ushbu sanalar mos ravishda shanba va yakshanbaga to‘g‘ri kelmoqda.

Hasharlar qat’iy ravishda hashar ishtirokchilari ishlayotgan tashkilot hududida mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik qoidalariga rioya qilgan holda o‘tkaziladi.Hasharlar doirasida obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish, ish o‘rinlarini tartibga solish bo‘yicha ishlar olib boriladi, bundan boshqa barcha turdagi jamoat ishlariga, shu jumladan qurilish, ta’mirlash va qishloq xo‘jaligi ishlariga majburiy jalb etish qat’iyan taqiqlanadi.

Avtomobil yo‘llari, harakatlanish tig‘iz bo‘lgan ko‘chalar, suv obyektlari, qirg‘oqbo‘yi hududlar va zonalar, qurilish maydonlari, bino va inshootlar tomlari, xavfli ishlab chiqarish obyektlari, shuningdek, insonlarning hayotiga yoki sog‘lig‘iga xavf tug‘ilishi yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan boshqa joylarda ixtiyoriy tashabbus bilan hasharlar va boshqa ishlarni o‘tkazish taqiqlanadi. Hujjatda inson hayotining barcha jabhalarida majburiy mehnatga yo‘l qo‘ymaslik va unga to‘liq barham berish bo‘yicha davlat organlariga topshiriqlar ham berilgan.
___

24−25 августа в Узбекистане объявлен всенародный хашар

24−25 августа в Узбекистане по распоряжению правительства будет проводиться всенародный благотворительный хашар. Его девиз: «Благоустроенная махалля — благоустроенная страна», сообщила Ассоциация махаллей. Хашары проводятся строго на территории организации, в которой работают участники хашара, с соблюдением норм охраны труда и безопасности.

В рамках хашаров выполняются работы по благоустройству, озеленению, приведению в порядок рабочих мест, с «категорическим исключением принудительного привлечения на все иные виды общественных работ, в том числе строительно-ремонтные и сельскохозяйственные работы».

Проводить хашары и другие работы на добровольных началах запрещено вдоль автомобильных дорог, на улицах с интенсивным движением, на водных объектах, прибрежных полосах и зонах, стройплощадках, на крышах зданий и сооружений, на опасных производственных объектах и в других местах, где имеется риск причинения вреда жизни и здоровью людей. Документ также содержит поручения государственным органам по предупреждению и полному искоренению принудительного труда во всех сферах жизнедеятельности человека.

## 24−25-avgust kunlari umumxalq xayriya hashari

✅Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
http://ashpk.uz
https://t.me/Andpedkoll
https://www.facebook.com/groups/211715867145976/permalink/884862053164684/
https://www.youtube.com/channel/UC5AVk1jWt_gEsesIz_kSQwQ