- 3-08-2024, 13:09
- 31
- ---
- 0
Prezident huzurida Iqlim kengashi tashkil etiladi
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Iqlim kengashini tashkil etish to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF-106-son) qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, Prezident huzurida Iqlim kengashi tashkil etiladi.
✔️ Iqlim kengashi iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish va unga moslashish masalalari bo‘yicha Prezident huzuridagi eng yuqori maslahat organi hisoblanadi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim o‘zgarishi to‘g‘risidagi doiraviy konvensiyasi va Parij bitimidan kelib chiqadigan O‘zbekistonning majburiyatlari bajarilishi monitoringini yuritish Iqlim kengashining asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.
Yashil transformatsiya va iqlim o‘zgarishiga moslashish milliy markazi Iqlim o‘zgarishi milliy markazi (Iqlim markazi) deb qayta nomlandi.
Ilmiy va akademik salohiyatni oshirish hamda fundamental tadqiqotlarni rivojlantirish maqsadida Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universitetida (Green University) Iqlim ilmiy forumi (rezidensiyasi) (Iqlim rezidensiyasi) tashkil etiladi.
Manba: (https://t.me/huquqiyaxborot)
✅Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
http://ashpk.uz
https://t.me/Andpedkoll
https://www.facebook.com/groups/211715867145976/permalink/884862053164684/
https://www.youtube.com/channel/UC5AVk1jWt_gEsesIz_kSQwQ
- 2-08-2024, 10:28
- 55
- ---
- 0
1966-yildan boshlab dunyo olimlari qizil kitobni joriy qilgan bo‘lib, unga yo‘qolish xavfi ostida turgan o‘simlik va hayvon turlari kiritilgan. Shuningdek, qora kitob ham mavjud bo‘lib, bunga insonning halokatli faolyati tufayli Yer yuzidan butunlay yo‘qolib ketgan hayvon va o‘simlik turlari kiritiladi.
✅Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
http://ashpk.uz
https://t.me/Andpedkoll
https://www.facebook.com/groups/211715867145976/permalink/884862053164684/
https://www.youtube.com/channel/UC5AVk1jWt_gEsesIz_kSQwQ
- 2-08-2024, 10:18
- 36
- ---
- 0
“Yangi Oʻzbekistonga qanot boʻlamiz!” ijodiy videoroliklar tanlovi
Tanlovda barcha Oʻzbekiston fuqarolari va rezidentlari tegishli mavzulardan biriga bagʻishlangan videoroligi bilan qatnashishi mumkin.
Ushbu tanlov Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi va boshqa hamkor tashkilotlar tomonidan oʻtkazilmoqda.
Mukofotlar:
– 1-oʻrin: iPhone 15 Pro max
– 2-oʻrin: noutbuk
– 3-o‘rin: planshet
Ishlar 2024-yil 26-avgustgacha qabul qilinadi.
Batafsil
https://grantlar.uz/ijodiy-videoroliklar-tanlovi/
✅Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
http://ashpk.uz
https://t.me/Andpedkoll
https://www.facebook.com/groups/211715867145976/permalink/884862053164684/
https://www.youtube.com/channel/UC5AVk1jWt_gEsesIz_kSQwQ
- 2-08-2024, 10:04
- 53
- ---
- 0
Salomatlik va strategik rivojlanish instituti tomonidan aholi orasida sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, oʻz sogʻligʻi holatini baholash va aholi tomonidan sogʻlom ovqatlanish boʻyicha tavsiyalar olish maqsadida mobil ilovalar ishlab chiqilgan (https://t.me/sttmuz/344).
Ularni quyidagi havolalar orqali yuklab olishingiz mumkin:
↪️Tana vazni indeksini hisoblash va natijaga koʻra sogʻlom turmush tarzi tavsiyalarni olish imkoniyatini beradigan telegram-bot (https://t.me/tana_indeks_bot) va mobil ilova (https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.medic.tanavazniindeksi).
↪️Qandli diabet 2-turi rivojlanish xavfini baholash va sogʻlom ovqatlanish boʻyicha telegram-bot (https://t.me/qandlidiabet2_bot) va mobil ilova (https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.medic.qantli_diabet2).
↪️Yurak-qon tomir kasalliklari rivojlanish xavfini baholash va xavfga bogʻliq holda sogʻlom turmush tarzi boʻyicha tavsiyalar olish imkoniyatini beradigan telegram-bot (https://t.me/soglom_yurak_bot) va mobil ilova (https://t.me/soglom_yurak_bot).
Manba: (https://t.me/eduuz)
✅Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
http://ashpk.uz
https://t.me/Andpedkoll
https://www.facebook.com/groups/211715867145976/permalink/884862053164684/
https://www.youtube.com/channel/UC5AVk1jWt_gEsesIz_kSQwQ
- 2-08-2024, 08:58
- 30
- ---
- 0
O‘zbekistonda qayta ishlatilishi majburiy boʻlgan chiqindi tovarlari roʻyxati ishlab chiqildi.
Roʻyxatda plastmassalar, qogʻozlar, metallar, shishalar, kompozitli materiallar, batareya va akkumulyatorlar, qurilish chiqindisi kabi materiallar qayta ishlanishi boʻyicha kod raqamlari va belgilar qoʻyilgan. Zaruratga qarab majburiy boʻlgan chiqindi tovarlarining belgilari boʻyicha qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilib, tasdiqlanib boriladi.
Ro‘yxat Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-yanvardagi “Chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish va ularning ekologik vaziyatga salbiy taʼsirini kamaytirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 5-son Farmoniga muvofiq tuzildi va va 2024-yilning 25-iyunida tasdiqlandi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 7-iyuldagi “Oziq-ovqat mahsulotlariga tegib turadigan qadoqlarning xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida”gi 476-son qarorini hisobga olgan holda qayta ishlatilishi majburiy boʻlgan chiqindi tovarlarining belgilari boʻyicha tasdiqlangan roʻyxati 12 oydan keyin kuchga kiradi.
Ta'kidlash joizki, chiqindilarni qayta ishlash ikkilamchi xomashyolardan samarali foydalanishga imkoniyat beradi. Eng muhimi, bu orqali atrof-muhit ifloslanishining oldi olinadi.
Manba (https://gov.uz/eco/news/view/17498/)
✅Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
http://ashpk.uz
https://t.me/Andpedkoll
https://www.facebook.com/groups/211715867145976/permalink/884862053164684/
https://www.youtube.com/channel/UC5AVk1jWt_gEsesIz_kSQwQ
- 1-08-2024, 08:44
- 119
- Информация
- 0
ANDIJON SHAHAR PEDAGOGIKA KOLLEJI
2024/2025-o’quv yili uchun quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha kunduzgi, sirtqi va dual ta’lim shakllari asosida o’qishga taklif etadi.
Kunduzgi ta’lim shaklida:
✅Maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachisi;
✅Jismoniy tarbiya va sport;
✅Musiqa rahbari;
✅Kutubxonashunoslik;
✅Kompyuter tizimlari va majmualari;
✅Axborot tizimlari(tarmoqlar bo‘yicha) ;
Sirtqi ta’lim shaklida:
✅Maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachisi;
✅Maktabgacha ta'lim tashkiloti oshpazi;
✅Jismoniy tarbiya va sport;
✅Musiqa rahbari;
✅Kompyuter tizimlari va majmualari;
Dual ta’lim shaklida:
✅Maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachisi;
✅Kutubxonashunoslik;
Murojaat uchun:
Qabul jarayonlari bilan bogʻliq qoʻshimcha maʼlumotlarni “Call-center” raqamlari
✅ +998905716114
✅ +998936938488
✅ +998990975855
✅ +998995335841
orqali olishingiz mumkin.
Manzil: Andijon shahar, Ahmadbek Xoji ko'chasi 78-"B" uy.
(Sobiq Andijon industrial-pedagogika kolleji)
ℹ️ Maʼlumot o'rnida:
Joriy yilda yuqoridagi mutaxassisliklar bo‘yicha Andijon viloyatida faqatgina Andijon shahar pedagogika kollejiga qabul parametrlari belgilangan.
Kollejlar kunduzgi ta'lim shakli qabul parametrlari toʻgʻrisida ma'lumot (https://t.me/eduuz/24635)
Kollejlar Sirtqi ta'lim shakli qabul parametrlari toʻgʻrisida ma'lumot (https://t.me/eduuz/24637)
Kollejlar Dual ta'lim shakli bo‘yicha qabul parametrlari (https://t.me/eduuz/24638)
✅Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
http://ashpk.uz
https://t.me/Andpedkoll
https://www.facebook.com/groups/211715867145976/permalink/884862053164684/
https://www.youtube.com/channel/UC5AVk1jWt_gEsesIz_kSQwQ
- 1-08-2024, 08:20
- 43
- ---
- 0
Har bir kitobda yo bir naf, yo o‘rnak, yo ilinj, yo odob, yo fikr, yo umid bor.
Mahmud Zamaxshariy
✅Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
http://ashpk.uz
https://t.me/Andpedkoll
https://www.facebook.com/groups/211715867145976/permalink/884862053164684/
https://www.youtube.com/channel/UC5AVk1jWt_gEsesIz_kSQwQ
- 30-07-2024, 09:03
- 210
- ---
- 0
Sayyoramizda bir qator global muammolar borki, bular sirasiga bevosita odam savdosi singari transmilliy jinoyatlarni ham kiritish mumkin. Yildan-yilga bu illatdan jabr chekayotganlar, uning qurboni bo‘layotganlar soni ortib bormoqda. Hudud va chegara bilmaydigan bu jinoyatning har biri jamiyat taraqqiyoti va davlatlar rivojiga jiddiy xavf tug‘dirmoqda.
30-iyul - Butunjahon odam savdosiga qarshi kurashish kuni.
Biz yoshlar odam savdosiga qarshimiz!
✅Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
http://ashpk.uz
https://t.me/Andpedkoll
https://www.facebook.com/groups/211715867145976/permalink/884862053164684/
https://www.youtube.com/channel/UC5AVk1jWt_gEsesIz_kSQwQ
- 29-07-2024, 20:54
- 59
- ---
- 0
"Mamlakatimizda millatlar va konfessiyalar o‘rtasidagi totuvlik va hamjihatlikni mustahkamlash siyosatini izchil davom ettiramiz"
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Xalqlar do‘stligi kuni munosabati bilan bayram tabrigi ✅(https://president.uz/oz/lists/view/7437)
Manba:
✅https://www.president.uz
✅https://t.me/shmirziyoyev
✅Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
http://ashpk.uz
https://t.me/Andpedkoll
https://www.facebook.com/groups/211715867145976/permalink/884862053164684/
https://www.youtube.com/channel/UC5AVk1jWt_gEsesIz_kSQwQ
- 29-07-2024, 18:49
- 137
- ---
- 0
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari Kengashlari deputatlarining vakolat muddati 2024-yilda tugashini inobatga olib, saylovlar joriy yilning 27-oktabrida o‘tkazilishi va saylov kampaniyasi 26-iyuldan boshlanishi haqida Markaziy saylov komissiyasining qarori qabul qilindi.
Manba: (https://t.me/eduuz)
✅Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
http://ashpk.uz
https://t.me/Andpedkoll
https://www.facebook.com/groups/211715867145976/permalink/884862053164684/
https://www.youtube.com/channel/UC5AVk1jWt_gEsesIz_kSQwQ