Kollej haqida
Muhammad
Sport musobaqalari
Kollej ko'rinishi
Axborot resurs markazi
  • ---
  • 0
##Qabul-2024

Oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga, kollej va texnikumlarga qabul bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tish statistikasi

11-iyun soat 18:00 holatiga ko‘ra, 85 ming nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi. Shundan, 52 ming 222 nafari avvalgi yil bitiruvchilari, 32 ming 778 nafari joriy yilgi bitiruvchilardir.

Manba: t.me/eduuz;

✅Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
http://ashpk.uz
https://t.me/Andpedkoll
https://www.facebook.com/groups/211715867145976/permalink/884862053164684/
  • ---
  • 0

#Qabul2024 #Professional_taʼlim

2024/2025 oʻquv yili uchun kollej va texnikumlarning kasb va mutaxassisliklariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi.

Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy bo‘lgan 3 ta fan bo‘yicha:

✅Ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili) – 10 ta savol.
Har biri uchun 1.1 balldan.
Maksimal ball – 11 ball.

✅Matematika – 10 ta savol.
Har biri uchun 1.1 balldan
Maksimal ball – 11 ball.

✅O‘zbekiston tarixi – 10 ta savol.
Har biri uchun 1.1 balldan.
Maksimal ball – 11 ball.

Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 33 ball.

✅ Kasb va mutaxassisligiga mos bo‘lgan test sinovi topshiriladigan 2 ta fan bo‘yicha:

✅1-fan – 30 ta savol.
Har biri uchun 3.1 balldan.
Maksimal ball – 93 ball.

✅2-fan – 30 ta savol.
Har biri uchun 2.1 balldan.
Maksimal ball – 63 ball.

Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 156 ball.

✅ 5 ta fan bo‘yicha maksimal ball 189.

Faylni yuklab olish (https://api-portal.gov.uz/uploads/78618343-3c84-2dfb-74d1-dd8ecd8fe0d1_media_.pdf)

Eslatib o‘tamiz, kollej va texnikumlarga ham ro‘yxatga olish 25-iyunga qadar my.uzbmb.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

Manba: t.me/eduuz;

✅Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
http://ashpk.uz
https://t.me/Andpedkoll
https://www.facebook.com/groups/211715867145976/permalink/884862053164684/
  • ---
  • 0
##Qabul-2024 #savollarga_javoblar

SAVOL: Telefon raqamini yo‘qotgan yoki parolini unutgan abituriyentlar qanday yo‘l tutishlari lozim?

JAVOB: my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinetiga kirish uchun parolni unutgan yoki telefon raqamini yo‘qotgan abituriyentlar quyidagi usullar orqali muammoni bartaraf etishlari mumkin:

Parolni unutgan abituriyentlar my.uzbmb.uz saytida “Parolni tiklash” (https://my.uzbmb.uz/site/password-reset) funksiyasi orqali o‘z parollarini yangilashlari mumkin.

Telefon raqamini yo‘qotgan abituriyentlar my.uzbmb.uz saytida “Telefon raqamni o‘zgartirish” (https://my.uzbmb.uz/change-phone) funksiyasi orqali shaxsiy kabinetiga kirib, mazkur funksiyadan foydalangan holda o‘z telefon raqamini yangilashi mumkin.

Ham telefon raqamini yo‘qotgan, ham parolini unutgan abituriyentlar shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan Bilimni baholash agentligi yoki uning hududiy bo‘limlari (https://uzbmb.uz/page/representatives)dan biriga ish vaqtida murojaat qilishi mumkin. Bunda Bilimni baholash agentligi mutaxassislari tomonidan abituriyentning telefon raqami o‘zgartirib beriladi.

Hurmatli abituriyentlar! Ro‘yxatdan o‘tishda o‘z telefon raqamingizdan foydalaning va parolingizni eslab qoling!!!

Manba: Bilim va malakalarni baholash agentligi (t.me/BaholashUz)

✅Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
http://ashpk.uz
https://t.me/Andpedkoll
https://www.facebook.com/groups/211715867145976/permalink/884862053164684/
  • ---
  • 0
#qabul_2024

Oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga, kollej va texnikumlarga qabul bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tish statistikasi 10-iyun soat 18:00 holatiga ko‘ra, 67 ming 131 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi.
Shundan, 42 ming 713 nafari avvalgi yil bitiruvchilari, 24 ming 418 nafari joriy yilgi bitiruvchilardir.
Batafsil infografikada

Manba: t.me/eduuz;

✅Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
http://ashpk.uz
https://t.me/Andpedkoll
https://www.facebook.com/groups/211715867145976/permalink/884862053164684/
  • ---
  • 0
Qabul-2024 ##savollarga_javoblar

SAVOL: Agar abituriyentda xalqaro sertifikat mavjud bo‘lsa, ro‘yxatdan o‘tishda sertifikat ma’lumotlarini dasturga
(my.uzbmb.uz saytiga) kiritish talab etiladimi?

JAVOB: Agar abituriyentda xalqaro sertifikat mavjud bo‘lsa, ro‘yxatdan o‘tishda sertifikat ma’lumotlarini dasturga (my.uzbmb.uz saytiga) kiritishi lozim.

Manba: Bilim va malakalarni baholash agentligi (t.me/BaholashUz)

✅Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
http://ashpk.uz
https://t.me/Andpedkoll
https://www.facebook.com/groups/211715867145976/permalink/884862053164684/
  • ---
  • 0

#Qabul-2024 ##savollarga_javoblar

SAVOL: Agar abituriyentlarda chet tili yoki umumta’lim fanidan milliy sertifikat mavjud bo‘lsa, sertifikat to‘g‘risidagi ma’lumotlarni dasturga kiritish talab etiladimi?

JAVOB: Abituriyentlarda chet tili yoki umumta’lim fanidan milliy sertifikat mavjud bo‘lsa, sertifikat to‘g‘risidagi ma’lumotlar abituriyentlarning shaxsiy kabinetida avtomatik tarzda aks etadi. Mazkur sertifikatlarni dasturga kiritish talab etilmaydi.

Manba: Bilim va malakalarni baholash agentligi (t.me/BaholashUz)

✅Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
http://ashpk.uz
https://t.me/Andpedkoll
https://www.facebook.com/groups/211715867145976/permalink/884862053164684/
  • ---
  • 0
##o'qishga_marhamat !
2024/2025-o‘quv yili uchun Andijon shahar pedagogika kolleji quyidagi ta'lim yo'nalishlari bo'yicha qabul e‘lon qiladi:

Kunduzgi ta’lim shaklida:

✅Maktabgacha ta'lim ;
✅Jismoniy madaniyat;
✅Musiqiy ta'lim;
✅Kutubxonashunoslik;
Sirtqi ta’lim shaklida:
✅Maktabgacha ta'lim tashkiloti oshpazi;
✅Maktabgacha ta'lim tashkiloti xo'jalik mudiri;
✅Musiqiy ta'lim;
✅Kompyuter operatori;
✅Kutubxonashunoslik;

Bundan tashqari ta'limning dual ta'lim shakllarida o'qishga qabul qilish rejalashtirilgan.

Manzil: Andijon shahar, Ahmadbek Xoji ko'chasi 78-"B" uy.
Murojaat uchun telefonlar: (99) 533-58-41; (91) 600-36-07

✅Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
http://ashpk.uz
https://t.me/Andpedkoll
https://www.facebook.com/groups/211715867145976/permalink/884862053164684/
  • ---
  • 0
❗️Abituriyentlar diqqatiga!
2024-2025 o‘quv yili uchun my.uzbmb.uz saytida ro‘yxatdan o‘tish jarayonida quyidagilarga e’tibor qaratish lozim:

➖ abituriyentlar 5 iyundan 25 iyunga qadar (25 iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tadi. Bunda abituriyentlar faqat test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini tanlaydi xolos;

➖ agar kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘lsa, ushbu imtihonni topshiradigan davlat oliy ta’lim muassasasini tanlaydi. Bunda aynan o‘zi kirmoqchi bo‘lgan OTMda ijodiy imtihon topshirish shart emas. Masalan, kimdir O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiya universitetiga kirmoqchi bo‘lsa, unda ijodiy imtihonni istalgan hududda, aytaylik Buxoro yoki Andijonda topshirsa ham bo‘ladi;

➖ test topshirish hududi qismida So‘x va Denov tumani ham bor. Ya’ni So‘x tumanidagilar Farg‘ona shahriga, Denov hamda uning atrofidagi tumanlar Termiz shahriga kelishi shart emas;

➖ avvalgi yillarda bitirganlar testga kirish uchun 170 ming so‘m miqdorida to‘lov qilishi lozim. To‘lovni 25 iyungacha bo‘lib to‘lash ham mumkin, undan kechiksa, testga kiritilmaydi;

➖ fikri o‘zgarib qolgan abituriyent 25 iyungacha qayta ariza topshirsa ham bo‘ladi. 25 iyundan keyin arizani o‘zgartirishga ruxsat berilmaydi;

Imtihonlar iyul–avgust oylarida o‘tkaziladi.

❗️OTMlarda qanday yo‘nalishlar borligi va har birining o‘tish ballari bilan @mandat_javobbot orqali tanishish mumkin.

(Manba: t.me/segmentuz)

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
http://ashpk.uz
https://t.me/Andpedkoll
https://www.facebook.com/groups/211715867145976/permalink/884862053164684/
  • ---
  • 0
##iqtibos

Yangi O‘zbekistonning asosiy ustuni — bilim, ta’lim va tarbiya bo‘ladi.

Shavkat Mirziyoyev

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
http://ashpk.uz
https://t.me/Andpedkoll
https://www.facebook.com/groups/211715867145976/permalink/884862053164684/
  • ---
  • 0
##Qonunchilik_yangiliklari

❗️Prezident tomonidan “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonun imzolandi

Qonun davlat organlariga va mahalliy davlat hokimiyati organlariga, davlat muassasalariga, davlat unitar korxonalariga, davlat maqsadli jamg‘armalariga, shuningdek ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz miqdorda va undan ortiq bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlariga nisbatan tatbiq etiladi.

Qonunda davlat organining yoki boshqa tashkilotning xodimi, manfaatlar to‘qnashuvi, manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish bo‘yicha maxsus bo‘linma, shaxsiy manfaatdorlik, yaqin qarindoshlar kabi asosiy tushunchalar kiritildi.

Quyidagi shaxslar davlat organining yoki boshqa tashkilotning xodimiga aloqador shaxslar deb e’tirof etiladi:

➖ davlat organi yoki boshqa tashkilot xodimining yaqin qarindoshlari;

➖ davlat organining yoki boshqa tashkilotning xodimi va (yoki) uning yaqin qarindoshlari qaysi yuridik shaxsning ustav fondi (ustav kapitali) aksiyalariga yoki ulushlariga egalik qilsa, o‘sha yuridik shaxs;

➖ davlat organining yoki boshqa tashkilotning xodimi yoxud uning yaqin qarindoshlari qaysi yuridik shaxsda boshqaruv organining rahbari yoki a’zosi bo‘lsa, o‘sha yuridik shaxs.

➖ Qonunga ko‘ra, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organidir.

Davlat organi yoki boshqa tashkilot xodimi tomonidan qonun talablariga rioya etilishi ustidan nazorat ushbu davlat organida yoki boshqa tashkilotda tuzilgan odob-axloq komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 6 oy o‘tgach kuchga kiradi.

Manba: (https://t.me/hrassistant_uz)


✅Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
http://ashpk.uz
https://t.me/Andpedkoll
https://www.facebook.com/groups/211715867145976/permalink/884862053164684/