Kollej haqida
Muhammad
Sport musobaqalari
Kollej ko'rinishi
Axborot resurs markazi
  • ---
  • 0
#diqqat_tanlov

"Bo'lajak olim" tanlovida ishtirok eting!

Innovatsion rivojlanish agentligi hamda Yoshlar akademiyasi yoshlarning ilmiy g'oyalari va startap loyihalarini qo'llab-quvvatlash maqsadida "Bo'lajak olim" tanlovini e'lon qiladi.

Tanlovda shartlari va ishtirok etishga qo'yiladigan talablar bilan batafsil BU YERDA (https://innovation.gov.uz/contest/post-1675) tanishishingiz mumkin.

Tanlovga arizalar joriy yilning 15-iyul kunidan 15-avgust kuniga qadar (shu kuni ham) qabul qilinadi.

Tanlovda ishtirok eting va o'z tashabbusingizni biz bilan rivojlantiring!

Manba: Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi (t.me/innovatsion_rivojlanish)


✅Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
http://ashpk.uz
https://t.me/Andpedkoll
https://www.facebook.com/groups/211715867145976/permalink/884862053164684/
  • ---
  • 0
##"Chilla" mavsumi

Biz bilan chilla yanada maroqli!

Andijonda chilla mavsumiga start beramiz! Ajoyib loyihalar, unutilmas onlar, iqtidorlar namoyishi - barchasi ushbu mavsumda!

Chillada:
Madaniyat va san’at tadbirlari;
Milliy liboslar namoyishi va ko‘rgazmalar;
Yozgi kinoteatrda ajoyib filmlar;
Yosh oshpazlar o'rtasida osh festivali;
Tasviriy san’at ko'rgazmalari va tanlovlar;
Yozgi chodirlarda maroqli xordiq Sizni kutmoqda.


15-30-iyul kunlari Xonobod shahrida "Chilla" mavsumi doirasidagi istalgan loyihangizda qatnashing! O'z iste'dodingizni namoyon qiling!

Chilla - iste'dodlar mavsumi!

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Andijon viloyati boshqarmasining rasmiy Telegram sahifasi. (https://t.me/andyouthpress)


✅Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
http://ashpk.uz
https://t.me/Andpedkoll
https://www.facebook.com/groups/211715867145976/permalink/884862053164684/
  • ---
  • 0

##Birinchi kun natijalari e’lon qilindi

Birinchi kun natijalari e’lon qilindi

2024-yil 14-iyul kuni o‘tkazilgan oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi.

✅ 14-iyul kuni test sinovida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini 3 xil usulda bilishlari mumkin:

1. my.uzbmb.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

2. mandat.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

3. Bilimni baholash agentligining quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda:

@e_dtm_mandatbot
@e_dtm_mandat1bot
@e_dtm_mandat2bot
@e_dtm_mandat3bot
@e_dtm_mandat4bot

Manba: Bilim va malakalarni baholash agentligi (t.me/BaholashUz)


✅Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
http://ashpk.uz
https://t.me/Andpedkoll
https://www.facebook.com/groups/211715867145976/permalink/884862053164684/
  • ---
  • 0
##O'qishga_marhamat

2024/2025-o‘quv yili uchun Andijon shahar pedagogika kolleji quyidagi ta'lim yo'nalishlari bo'yicha qabul e‘lon qiladi:

Kunduzgi ta’lim shaklida:

✅Maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachisi;
✅Jismoniy madaniyat;
✅Musiqiy ta'lim;
✅Kutubxonashunoslik;
✅Kompyuter operatori;

Sirtqi ta’lim shaklida:

✅Maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachisi;
✅Maktabgacha ta'lim tashkiloti oshpazi;
✅Maktabgacha ta'lim tashkiloti xo'jalik mudiri;
✅Musiqiy ta'lim;
✅Kompyuter operatori;
✅Kutubxonashunoslik;

Bundan tashqari ta'limning dual ta'lim shakllarida o'qishga qabul qilish rejalashtirilgan.

Manzil: Andijon shahar, Ahmadbek Xoji ko'chasi 78-"B" uy.
Murojaat uchun telefonlar: (99) 533-58-41; (91) 600-36-07


✅Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
http://ashpk.uz
https://t.me/Andpedkoll
https://www.facebook.com/groups/211715867145976/permalink/884862053164684/
  • ---
  • 0
##Test sinovlarini jonli kuzating!

Test sinovlarini jonli kuzating!

Abituriyentlar va ularning ota-onalariga qulaylik yaratish maqsadida ko'ngillilar tomonidan @test2024uzbot ishlab chiqildi.

❌ Bot orqali telegramdan chiqmasdan, hechqanday brauzerga kirmasdan test sinovlarini jonli efirda kuzatib borishingiz mumkin!

Barchasi juda oson:
1. Ro'yxatdan o'ting;
2. Viloyatni belgilang;
3. Test binosini tanlang.

@test2024uzbot

Shubhali holatni ko'rsangiz xabar bering!

(Manba:https://t.me/talimuz)

✅Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
http://ashpk.uz
https://t.me/Andpedkoll
https://www.facebook.com/groups/211715867145976/permalink/884862053164684/
  • ---
  • 0
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan 2024/2025-oʻquv yili uchun xorijiy va nodavlat oliy taʼlim muassasalaridan talabalar oʻqishini respublika davlat oliy taʼlim muassasalariga koʻchirish boʻyicha oʻtkaziladigan maxsus sinovlar boʻyicha oʻtish ballari tasdiqlandi.
Ushbu o‘tish ballari joriy yilda ham tizimida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralarning takliflari asosida shakllantirildi.

https://api-portal.gov.uz/uploads/168c4e47-e809-4680-87c2-755f06e34aea_media_.pdf

#o‘qishni_ko‘chirish #o‘tish_ballari

(Manba: https://t.me/BaholashUz;)

✅Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
http://ashpk.uz
https://t.me/Andpedkoll
https://www.facebook.com/groups/211715867145976/permalink/884862053164684/

  • ---
  • 0

##Оʻqishni koʻchirish uchun arizalar qabuli boshlandi

Bugundan o'qishni ko'chirish uchun ariza olish boshlanadi.

Vazirlar Mahkamasining 20.06.2017 yildagi 393-son qaroriga muvofiq, bugun 15-iyuldan OTMlarda o‘qishni ko‘chirish jarayonlari boshlanadi.
O‘qishni ko‘chirish uchun arizalar 5-avgustga qadar davom etadi va quyidagi 2 ta platforma orqali qabul qilinadi:


transfer.edu.uz — davlat OTMning biridan boshqasiga;
my.uzbmb.uz — xorijiy mamlakatlarda yoki respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat OTMdan davlat OTMlariga.

O‘zbekistondagi bir OTMdan boshqasiga ko‘chirish uchun esa faqat 2 ta toifa talabalarga ruxsat bor:

✅ Talaba turmushga chiqsa, turmush o‘rtog‘ining yashash joyidagi OTMga;
✅ Davlat xizmatchisining ish joyi o‘zgarganda farzandi yoki turmush o‘rtog‘i tegishli rahbar tavsiyanomasi bilan o‘qishini ko‘chirishi mumkin.

✅ O‘zbekistonning o‘zidagi xorijiy va xususiy OTM talabalari ham davlat OTMiga o‘tish uchun imtihon topshiradi.

Ushbu imtihonda talabalar quyidagi jadvalda ko‘rsatilgan ballarni to‘play olsa o‘qishini ko‘chira oladi:

O‘tish ballini to‘plolmaganlar "super-kontrakt" bilan qabul qilinishi mumkin.

✅ @mandat_javobbot orqali o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha fanlar majmuasi, baholash mezonlari, o‘tish ballari va super kontrakt miqdorlari bilan tanishingiz mumkin.

Abituriyentlarga o‘qishga kirishda beriladigan imtiyozlar "perevod"chilar uchun amal qilmaydi.

(Manba: https://t.me/uztdi;)

✅Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
http://ashpk.uz
https://t.me/Andpedkoll
https://www.facebook.com/groups/211715867145976/permalink/884862053164684/
  • ---
  • 0
##Bilasizmi

Bugun test topshirganlarning natijalari ertaga e’lon qilinadi

Hukumat qarori (20.06.2017 №393) bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq abituriyentning test sinovidan toʻplagan ballari haqidagi maʼlumot test sinovi oʻtkazilgan kunning ertasiga eʼlon qilinadi.
Yaʼni bugun testda ishtirok etganlar oʻzlari toʻplagan ballni ertaga bila oladi.

Barcha uchun test sinovlari toʻliq yakunlanganidan soʻng abituriyentlarga yoʻnalish tanlash imkoniyati ochiladi.

To'plagan ballidan kelib chiqib yo'nalish tanlashdan avval abituriyentlarga ✔ @mandat_javobbot orqali qaysi oliygohda qanday yoʻnalishlar borligi va har birining o'tgan yillardagi oʻtish ballari bilan tanishishni tavsiya etamiz.

(Manba: https://t.me/uztdi;)

✅Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
http://ashpk.uz
https://t.me/Andpedkoll
https://www.facebook.com/groups/211715867145976/permalink/884862053164684/
  • ---
  • 0
##Test jarayonlari boshlandi !!!

##Test jarayonlari boshlandi !!!

Test jarayonlarini onlayn kuzatib borishingiz mumkin

Ayni paytda oliy va professional taʼlim muassasalariga kirish test sinovlari davom etmoqda.

Ushbu jarayonlarni shaffof va adolatli o‘tkazish maqsadida ota-onalar va keng jamoatchilik uchun test sinovlarini istalgan joydan https://test2024.uz/ platformasida onlayn kuzatish imkoniyati yaratilgan.

Ta’kidlash lozim, 2024/2025-o‘quv yili uchun kirish test sinovlari ikki smenada o‘tkazilmoqda. Bunda:

Talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishini my.uzbmb.uz sayti orqali shaxsiy kabineti orqali bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kechikmagan holda shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelish so‘raladi.

Manba: t.me/eduuz;

✅Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
http://ashpk.uz
https://t.me/Andpedkoll
https://www.facebook.com/groups/211715867145976/permalink/884862053164684/

  • ---
  • 0

##Testingiz qayerda bo'lishini bilasizmi?

Testingiz qayerda bo'lishini bilasizmi?

✅ Telegram bot orqali tezda aniqlang!

Bilimni baholash agentligining rasmiy saytiga 2024-2025-o‘quv yili kirish test sinovi o‘tkaziladigan binolar bo‘yicha ma’lumotlar joylashtirildi. Telegramda @imtihon_qayerda_bot orqali buni aniqlash osonlashtirildi!

Unda quyidagilar aks etgan:

✅ Test o‘tkaziladigan hududni rasmi;
✅ Hududga kirish joylari;
✅ Test sinovi o‘tkaziladigan joy nomi;
✅ Test sinovi o‘tkaziladigan joy manzili;
✅ Bino raqami;
✅ Test sinovi o‘tkaziladigan guruhlar;
✅ Joylarning google xaritadagi joylashuvi.

Hoziroq sinang va adashib yurmang:
@imtihon_qayerda_bot

❌ Eslatib o'tamiz, hududiga vaqtida kelmagan abituriyentlar test sinovlariga qoʻyilmaydi!

(Manba:https://t.me/talimuz)

✅Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
http://ashpk.uz
https://t.me/Andpedkoll
https://www.facebook.com/groups/211715867145976/permalink/884862053164684/