Kollej haqida
Muhammad
Sport musobaqalari
Kollej ko'rinishi
Axborot resurs markazi
  • ---
  • 0
##Qabul-2024

Oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga, kollej va texnikumlarga qabul bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tish statistikasi

11-iyun soat 18:00 holatiga ko‘ra, 85 ming nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi. Shundan, 52 ming 222 nafari avvalgi yil bitiruvchilari, 32 ming 778 nafari joriy yilgi bitiruvchilardir.

Manba: t.me/eduuz;

✅Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
http://ashpk.uz
https://t.me/Andpedkoll
https://www.facebook.com/groups/211715867145976/permalink/884862053164684/
  • ---
  • 0

#Qabul2024 #Professional_taʼlim

2024/2025 oʻquv yili uchun kollej va texnikumlarning kasb va mutaxassisliklariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi.

Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy bo‘lgan 3 ta fan bo‘yicha:

✅Ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili) – 10 ta savol.
Har biri uchun 1.1 balldan.
Maksimal ball – 11 ball.

✅Matematika – 10 ta savol.
Har biri uchun 1.1 balldan
Maksimal ball – 11 ball.

✅O‘zbekiston tarixi – 10 ta savol.
Har biri uchun 1.1 balldan.
Maksimal ball – 11 ball.

Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 33 ball.

✅ Kasb va mutaxassisligiga mos bo‘lgan test sinovi topshiriladigan 2 ta fan bo‘yicha:

✅1-fan – 30 ta savol.
Har biri uchun 3.1 balldan.
Maksimal ball – 93 ball.

✅2-fan – 30 ta savol.
Har biri uchun 2.1 balldan.
Maksimal ball – 63 ball.

Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 156 ball.

✅ 5 ta fan bo‘yicha maksimal ball 189.

Faylni yuklab olish (https://api-portal.gov.uz/uploads/78618343-3c84-2dfb-74d1-dd8ecd8fe0d1_media_.pdf)

Eslatib o‘tamiz, kollej va texnikumlarga ham ro‘yxatga olish 25-iyunga qadar my.uzbmb.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

Manba: t.me/eduuz;

✅Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
http://ashpk.uz
https://t.me/Andpedkoll
https://www.facebook.com/groups/211715867145976/permalink/884862053164684/
  • ---
  • 0
##Qabul-2024 #savollarga_javoblar

SAVOL: Telefon raqamini yo‘qotgan yoki parolini unutgan abituriyentlar qanday yo‘l tutishlari lozim?

JAVOB: my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinetiga kirish uchun parolni unutgan yoki telefon raqamini yo‘qotgan abituriyentlar quyidagi usullar orqali muammoni bartaraf etishlari mumkin:

Parolni unutgan abituriyentlar my.uzbmb.uz saytida “Parolni tiklash” (https://my.uzbmb.uz/site/password-reset) funksiyasi orqali o‘z parollarini yangilashlari mumkin.

Telefon raqamini yo‘qotgan abituriyentlar my.uzbmb.uz saytida “Telefon raqamni o‘zgartirish” (https://my.uzbmb.uz/change-phone) funksiyasi orqali shaxsiy kabinetiga kirib, mazkur funksiyadan foydalangan holda o‘z telefon raqamini yangilashi mumkin.

Ham telefon raqamini yo‘qotgan, ham parolini unutgan abituriyentlar shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan Bilimni baholash agentligi yoki uning hududiy bo‘limlari (https://uzbmb.uz/page/representatives)dan biriga ish vaqtida murojaat qilishi mumkin. Bunda Bilimni baholash agentligi mutaxassislari tomonidan abituriyentning telefon raqami o‘zgartirib beriladi.

Hurmatli abituriyentlar! Ro‘yxatdan o‘tishda o‘z telefon raqamingizdan foydalaning va parolingizni eslab qoling!!!

Manba: Bilim va malakalarni baholash agentligi (t.me/BaholashUz)

✅Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
http://ashpk.uz
https://t.me/Andpedkoll
https://www.facebook.com/groups/211715867145976/permalink/884862053164684/