Kollej haqida
Muhammad
Sport musobaqalari
Kollej ko'rinishi
Axborot resurs markazi
  • ---
  • 0
❗️Abituriyentlar diqqatiga!
2024-2025 o‘quv yili uchun my.uzbmb.uz saytida ro‘yxatdan o‘tish jarayonida quyidagilarga e’tibor qaratish lozim:

➖ abituriyentlar 5 iyundan 25 iyunga qadar (25 iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tadi. Bunda abituriyentlar faqat test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini tanlaydi xolos;

➖ agar kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘lsa, ushbu imtihonni topshiradigan davlat oliy ta’lim muassasasini tanlaydi. Bunda aynan o‘zi kirmoqchi bo‘lgan OTMda ijodiy imtihon topshirish shart emas. Masalan, kimdir O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiya universitetiga kirmoqchi bo‘lsa, unda ijodiy imtihonni istalgan hududda, aytaylik Buxoro yoki Andijonda topshirsa ham bo‘ladi;

➖ test topshirish hududi qismida So‘x va Denov tumani ham bor. Ya’ni So‘x tumanidagilar Farg‘ona shahriga, Denov hamda uning atrofidagi tumanlar Termiz shahriga kelishi shart emas;

➖ avvalgi yillarda bitirganlar testga kirish uchun 170 ming so‘m miqdorida to‘lov qilishi lozim. To‘lovni 25 iyungacha bo‘lib to‘lash ham mumkin, undan kechiksa, testga kiritilmaydi;

➖ fikri o‘zgarib qolgan abituriyent 25 iyungacha qayta ariza topshirsa ham bo‘ladi. 25 iyundan keyin arizani o‘zgartirishga ruxsat berilmaydi;

Imtihonlar iyul–avgust oylarida o‘tkaziladi.

❗️OTMlarda qanday yo‘nalishlar borligi va har birining o‘tish ballari bilan @mandat_javobbot orqali tanishish mumkin.

(Manba: t.me/segmentuz)

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
http://ashpk.uz
https://t.me/Andpedkoll
https://www.facebook.com/groups/211715867145976/permalink/884862053164684/