Kollej haqida
Muhammad
Sport musobaqalari
Kollej ko'rinishi
Axborot resurs markazi
  • Информация
  • 0
#abituriyent_2024 #tanlov #kollej #texnikum

Joriy yilda texnikum yoki kollejlarga alohida ro‘yxatdan o‘tib, imtihon topshirilmaydi

Prezidentning PF-81-son farmoniga asosan my.uzbmb.uz sayti orqali 5–25-iyun kunlari onlayn ro‘yxatdan o‘tib, kirish imtihonlarida qatnashgan abituriyentlar o‘z xohishiga ko‘ra, bugun 18-avgustdan kollej va texnikumlarga qabul tanlovida ham ishtirok etishi mumkin.

Buning uchun 27-avgustga qadar (shu kuni ham) my.uzbmb.uz saytida mutaxassislik fanlari (1- va 2-fan)ga mos kollej yoki texnikumning kasb va mutaxassisligi hamda ta’lim shaklini tanlashlari lozim. Shundan so‘ng abituriyentlar OTMga kirish imtihonlarida to‘plagan ballari bilan tanlovda ishtirok etadi.

Manba: (https://t.me/eduuz)

✅Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
http://ashpk.uz
https://t.me/Andpedkoll
https://www.facebook.com/groups/211715867145976/permalink/884862053164684/
https://www.youtube.com/channel/UC5AVk1jWt_gEsesIz_kSQwQ
  • Информация
  • 0
#tanlov_2024 #Abituriyent_2024

Professional ta'lim muassasalariga tanlov boshlanadi

✅ Oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar 2024-yil 18-avgustdan 27-avgustga qadar 10 kun davomida my.uzbmb.uz saytida professional ta’lim muassasasi (kollej yoki texnikum), kasb va mutaxassislik hamda ta’lim shaklini tanlashlari lozim.

Abituriyentlar tanlash muddati yakunlangunga qadar o‘z tanlovlarini o‘zgartirishlari mumkin.

Abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani to‘g‘risidagi yakuniy tanlov natijalari tanlash to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda e’lon qilinadi.


Manba: Bilim va malakalarni baholash agentligi (t.me/BaholashUz)


✅Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
http://ashpk.uz
https://t.me/Andpedkoll
https://www.facebook.com/groups/211715867145976/permalink/884862053164684/
https://www.youtube.com/channel/UC5AVk1jWt_gEsesIz_kSQwQ
  • Информация
  • 0
#Qabul_2024 #Apellatsiya Apellatsiya arizalarini qabul qilish bo‘yicha ✅ Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlar apellatsiya arizalarini my.uzbmb.uz saytida (shaxsiy kabineti orqali) onlayn tarzda 18-avgustdan 27-avgustga qadar (10 kun davomida) berishlari mumkin. Abituriyent apellatsiya shikoyati berishi uchun test sinovida ishtirok etgan va test sinovidan chetlatilmagan bo‘lishi lozim. Apellatsiya arizasini bergan abituriyentga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi. Abituriyent xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat va xabarnoma bilan Bilimni baholash agentligiga kelishi kerak. Apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish 2024-yil 22-avgustdan boshlanadi. Manba: Bilim va malakalarni baholash agentligi (t.me/BaholashUz) ✅Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: http://ashpk.uz https://t.me/Andpedkoll https://www.facebook.com/groups/211715867145976/permalink/884862053164684/ https://www.youtube.com/channel/UC5AVk1jWt_gEsesIz_kSQwQ
  • Информация
  • 0
#Qabul_2024 #Natija

Yakuniy tanlov natijalari (mandat) e’lon qilindi

✅ 2024–2025-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi.

Tanlov natijalarini 4 xil usulda bilish mumkin.

1️⃣ my.uzbmb.uz sayti orqali:

my.uzbmb.uz saytiga abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali:

mandat.uzbmb.uz saytiga abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

3️⃣ SMS-xabarnoma xizmati orqali:

5100 raqamiga abituriyentning ID raqami yuborilganda, mazkur telefon raqamiga tanlov natijalari bo‘yicha SMS-xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud).

4️⃣ Test natijalari qaydnomasi orqali:

Shuningdek, test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi.

Manba: Bilim va malakalarni baholash agentligi (t.me/BaholashUz)

✅Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
http://ashpk.uz
https://t.me/Andpedkoll
https://www.facebook.com/groups/211715867145976/permalink/884862053164684/
https://www.youtube.com/channel/UC5AVk1jWt_gEsesIz_kSQwQ
  • ---
  • 0
##e'lon

Innovatsion rivojlanish agentligi hamda Yoshlar akademiyasi tomonidan yoshlarning ilmiy g'oyalari va startap loyihalarini qo'llab-quvvatlash maqsadida e'lon qilingan "Bo'lajak olim" tanlovi muddati 30-avgust kuniga qadar uzaytirildi
Tanlovda shartlari va ishtirok etishga qo'yiladigan talablar bilan batafsil BU YERDA (https://innovation.gov.uz/contest/post-1675) tanishishingiz mumkin. https://innovation.gov.uz/contest/post-1675
Tanlovda ishtirok eting va o'z tashabbusingizni biz bilan rivojlantiring!
Tanlov e'loni (https://t.me/innovatsion_rivojlanish/3469)

Manba: t.me/innovatsion_rivojlanish

✅Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
http://ashpk.uz
https://t.me/Andpedkoll
https://www.facebook.com/groups/211715867145976/permalink/884862053164684/
https://www.youtube.com/channel/UC5AVk1jWt_gEsesIz_kSQwQ
  • Информация
  • 0
#Besh_tashabbus_olimpiadasi #kasblar_tanlovi

Kasblar tanlovining ilk bosqichiga start berilmoqda.

“Besh tashabbus olimpiadasi” nafaqat sport, ta’lim, intellektual o‘yinlar balki, kasblar bo‘yicha ham iste’dod egalariga maydon yaratgan.

✅Bu yilgi Kasblar tanlovi “Men kelajakman” shiori ostida 15-20-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi. Mamlakatimizning 9 452 ta mahallasida yoshlar o‘z kuch va bilimlarini saralash bosqichida sinovdan o‘tkazishadi.

✅Tanlov yosh quruvchi (suvoqchi), dizaynerlik (tikuvchi), elektromontaj, novvoychilik va payvandlash yo‘nalishlarida tashkil etiladi.

Tanlovning respublika final bosqichida 1-o‘rin sohiblari 2025-yilda Tayvanda o‘tkaziladigan “Worldskills Asia-2025” xalqaro kasblar musobaqasida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadilar. Bu nafaqat yurtimizda, balki xalqaro maydonda ham yuksak e’tirofga sazovor bo‘lish imkoniyati!

Sizda ishtirok etish uchun haliyam imkon bor. Hoziroq 5tashabbus.uz orqali ro‘yxatdan o‘ting va musobaqalarga tayyorgarlikni boshlang!

Manba: https://t.me/yoshlaragentligi

✅Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
http://ashpk.uz
https://t.me/Andpedkoll
https://www.facebook.com/groups/211715867145976/permalink/884862053164684/
https://www.youtube.com/channel/UC5AVk1jWt_gEsesIz_kSQwQ



  • Информация
  • 0
Yurtimizda “Plogging” aksiyasi o‘tkaziladi.

##Yurtimizda “Plogging” aksiyasi o‘tkaziladi
##Yurtimizda “Plogging” aksiyasi o‘tkaziladi

O‘zbekistonimiz mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan, atrof-muhitni asrab-avaylash va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida, Yoshlar ishlari agentligi hamda “Ekolog” jamoat birlashmasi hamkorligida “Plogging” aksiyasi o‘tkaziladi.
##Yurtimizda “Plogging” aksiyasi o‘tkaziladi

15-25-avgust kunlari davomida respublikamizning barcha hududlarida o‘tkaziladigan ushbu aksiyada ishtirok etish orqali, siz nafaqat ona tabiatni himoya qilishga hissa qo‘shasiz, balki kelajak avlod uchun pok va sog‘lom hayot muhiti yaratishga xizmat qilasiz.

##Yurtimizda “Plogging” aksiyasi o‘tkaziladi

Aksiyani o‘tkazish joylari (https://api-portal.gov.uz/uploads/9d3523ab-0974-9f72-a986-a7ee5fe12cbc_media_.pdf) bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.

Bu ezgulik yo‘lida siz ham ishtirok etishni xohlasangiz, hoziroq ro‘yxatdan o‘ting (https://forms.gle/JrCubaEfo2mkx6Ca8).


Manba:
https://t.me/yoshlaragentligi:
https://t.me/ekologuz

✅Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
http://ashpk.uz
https://t.me/Andpedkoll
https://www.facebook.com/groups/211715867145976/permalink/884862053164684/
https://www.youtube.com/channel/UC5AVk1jWt_gEsesIz_kSQwQ
  • Информация
  • 0
##Maqsad to‘g‘ri qo‘yilsa, natija bo‘ladi !!!

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev uch yil oldin Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlarida kuchli 15 talikka kirishimizni aytgan edi. Va bu uddalandi!
11 avgust kuni XXXIII yozgi Olimpiya o‘yinlarining so‘nggi kuni. O‘zbekiston medallar jamg‘arish bo‘yicha top-15 talikka kirdi. Bu mamlakatimizning Olimpiya o‘yinlaridagi tarixiy natijasidir.
Sportchilarimiz to‘rt yillikning eng nufuzli musobaqasida tarixiy rekordini yangiladi. Bu musobaqaning tarixiyligi shundaki, Mamlakatimiz sportchilari Parij-2024 Olimpiadasida dunyo bo‘yicha 13, Osiyoda 4, MDHda 1, Markaziy Osiyoda 1, Turkiy davlatlar orasida 1, musulmon davlatlari orasida 1-o‘rinni qo‘lga kiritdik.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 2021 yil 13 avgust kuni Tokio shahridagi yozgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan sportchilar, ularning ota-onalari va murabbiylari bilan uchrashuvda "Parijda bo‘lib o‘tadigan navbatdagi yozgi Olimpiadaga 100 dan ziyod lisenziyani qo‘lga kiritish va medallar bo‘yicha yetakchi 15 ta mamlakat qatoridan joy olish uchun hamma imkoniyatlarimiz bor", degan edi.
Qarangki, O‘zbekiston Parij olimpiadasida kuchli 15 talikdan joy oldi.
##Maqsad to‘g‘ri qo‘yilsa, natija bo‘ladi !!!

Maqsad to‘g‘ri qo‘yilsa, natija bo‘ladi. Imkoniyatlardan foydalanilsa kifoya.

Manba: https://www.yuz.uz

✅Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
http://ashpk.uz
https://t.me/Andpedkoll
https://www.facebook.com/groups/211715867145976/permalink/884862053164684/
https://www.youtube.com/channel/UC5AVk1jWt_gEsesIz_kSQwQ
  • Информация
  • 0
##qabul_2024
Oliy ta’lim muassasalariga qabul yakunlandi

2024-2025-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga qabulning 2-bosqichi, ya’ni, oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlash jarayoni yakunlandi.

Manba: Bilim va malakalarni baholash agentligi (t.me/BaholashUz)

✅Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
http://ashpk.uz
https://t.me/Andpedkoll
https://www.facebook.com/groups/211715867145976/permalink/884862053164684/
https://www.youtube.com/channel/UC5AVk1jWt_gEsesIz_kSQwQ
  • Информация
  • 0
#qabul2024 #Abituriyent
Abituriyentlar va ularning ota-onalari diqqatiga!

❗️Bugun oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlashning so‘nggi kuni

Oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar bugun 10-avgust soat 23:59 ga qadar oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlashlari lozim.

Belgilangan muddat yakunlangandan so‘ng abituriyentlarga ta’lim yo‘nalishlarini tanlash va ma'lumotlarga o‘zgartirish kiritish imkoniyati berilmaydi.

Hurmatli abituriyentlar! Sizdan bugun soat 23:59 ga qadar oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlashingizni so‘raymiz!

Manba: (https://t.me/eduuz)


✅Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
http://ashpk.uz
https://t.me/Andpedkoll
https://www.facebook.com/groups/211715867145976/permalink/884862053164684/
https://www.youtube.com/channel/UC5AVk1jWt_gEsesIz_kSQwQ