Kollej haqida
Muhammad
Sport musobaqalari
Kollej ko'rinishi
Axborot resurs markazi
  • Информация
  • 0
##Professional_taʼlim #O'qishga_marhamat !!!

ANDIJON SHAHAR PEDAGOGIKA KOLLEJI
2024/2025-o’quv yili uchun quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha kunduzgi, sirtqi va dual ta’lim shakllari asosida o’qishga taklif etadi.

Kunduzgi ta’lim shaklida:
✅Maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachisi;
✅Jismoniy tarbiya va sport;
✅Musiqa rahbari;
✅Kutubxonashunoslik;
✅Kompyuter tizimlari va majmualari;
✅Axborot tizimlari(tarmoqlar bo‘yicha) ;

Sirtqi ta’lim shaklida:
✅Maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachisi;
✅Maktabgacha ta'lim tashkiloti oshpazi;
✅Jismoniy tarbiya va sport;
✅Musiqa rahbari;
✅Kompyuter tizimlari va majmualari;

Dual ta’lim shaklida:
✅Maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachisi;
✅Kutubxonashunoslik;

Murojaat uchun:
Qabul jarayonlari bilan bogʻliq qoʻshimcha maʼlumotlarni “Call-center” raqamlari

✅ +998905716114
✅ +998936938488
✅ +998990975855
✅ +998995335841
orqali olishingiz mumkin.

Manzil: Andijon shahar, Ahmadbek Xoji ko'chasi 78-"B" uy.
(Sobiq Andijon industrial-pedagogika kolleji)


Maʼlumot o'rnida:

Joriy yilda yuqoridagi mutaxassisliklar bo‘yicha Andijon viloyatida faqatgina Andijon shahar pedagogika kollejiga qabul parametrlari belgilangan.

Kollejlar kunduzgi ta'lim shakli qabul parametrlari toʻgʻrisida ma'lumot (https://t.me/eduuz/24635)
Kollejlar Sirtqi ta'lim shakli qabul parametrlari toʻgʻrisida ma'lumot (https://t.me/eduuz/24637)
Kollejlar Dual ta'lim shakli bo‘yicha qabul parametrlari (https://t.me/eduuz/24638)

✅Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
http://ashpk.uz
https://t.me/Andpedkoll
https://www.facebook.com/groups/211715867145976/permalink/884862053164684/
https://www.youtube.com/channel/UC5AVk1jWt_gEsesIz_kSQwQ
  • ---
  • 0
##Fakt##Kitob_o‘qiydigan_insonlar

Kitob o‘qiydigan insonlar hayotda faol bo‘lishadi.
San’at milliy jamg‘armasi tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlar kitob o‘qiydigan insonlar madaniy va ijtimoiy hayotda ham faol bo‘lishlarini isbotladi.

  Mutolaa xotirani va fikrlash qobiliyatini yaxshilaydi.
Har safar kitob o‘qilganida miya faol ishlaydi. U olinayotgan ma’lumotni saqlash uchun yangi tolalarni yaratadi. Tadqiqotlarda aniqlanishicha, doimiy ravishda kitob o‘qiydigan insonlarda fikrlash qobiliyati boshqalarga nisbatan sekinroq pasayar ekan.

  Mutolaa so‘z boyligini oshiradi.
Kitob o‘qiyotgan paytda notanish so‘zlar ham uchrab qoladi. Ularning ma’nosini umumiy mazmuni orqali ham tushunib olsa bo‘ladi. Kitob o‘qish nafaqat so‘z boyligini ko‘paytiradi, balki umumiy savodxonlikni ham oshiradi.

  Mutolaa yozuvchilik qobiliyatini rivojlantiradi.
Kitob o‘qish jarayonida muallifning yozish uslubi ham o‘quvchiga ta’sir ko‘rsatadi. Musiqa tinglash jarayonida musiqachining uslubi tinglovchiga o‘tgani singari yozuvchining uslubi ham o’quvchining yozish uslubiga ta’sir o‘tkazadi.

Mutolaa chet tilini o‘rganishni osonlashtiradi.
Doimiy ravishda kitob o‘qish boshqa tillarni o‘rganishda yangi so‘zlarni oson tushunishga va yodda saqlab qolishga yordam beradi.

  Mutolaa tinglash qobiliyatini rivojlantiradi.
Qanchalik g‘alati tuyulmasin, kitob o‘qish tinglash qobiliyatini oshiradi, boshqalarni oson tushunishga yordam beradi. Bu ayniqsa, kitobni ovoz chiqarib o‘qiganda yanada samarali bo‘ladi.

  Mutolaa ijodkorlik qobiliyatini rivojlantiradi.
Obafemi Avolau universiteti pedagoglari boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining mashg‘ulotlariga mavzuli komikslarni kiritishganida, suratlar va so‘zlar aralashmasi bolalarning ijodkorlik qobiliyatlarini oshirishini aniqlashdi. Kitoblar kattalarga ham ana shunday ta’sir ko‘rsatadi.

  Mutolaa Altsgeymer xastaligiga chalinishning oldini oladi.
Qator tadqiqotlardan ma’lum bo‘lishicha, ko‘p kitob o‘qigan insonlar Altsgeymer kasalligiga kamroq chalinishar ekan. Miya ham xuddi boshqa a’zolar singari qo‘llab-quvvatlashga va mashqlar yordamida mustahkamlanishga muhtoj bo‘ladi. Kitob o‘qish esa bu borada eng samarali usuldir.

  Birgalikda kitob o‘qish ota-onalar va bolalarning o‘zaro munosabatlarini yaxshilaydi.
Psixologlar birgalikda kitob o‘qish jarayonida ota-onalar va bolalar o‘rtasida o‘ziga xos munosabat o‘rnatiladi deb hisoblashadi. Ularning aytishlaricha, bunday munosabat birgalikda televizor ko‘rganda aslo paydo bo‘lmaydi.

Mutolaa moliyaviy qiyinchiliklarni bartaraf etishda yordam beradi.
Statistika ma’lumotlariga ko‘ra, umuman kitob o‘qimaydigan insonlarning 43 foizi qashshoqlikda yashaydi. Savodli insonlar orasida esa qashshoqlikda yashaydiganlar 4 foizni tashkil etadi.

 Ko‘p kitob o‘qiydigan bolalar darslarni yaxshi o‘zlashtirishadi.
Tadqiqotlarda aniqlanishicha, kitob o‘qishni xush ko‘radigan bolalar maktabda ham yaxshi o’qishadi. Ular grammatikani ham, matematikani ham yaxshi o‘zlashtirishadi.

  Mutolaa jinoyatchilikning oldini oladi.
O‘tkazilgan tadqiqotdan ma’lum bo‘lishicha, panjara ortida savodxonligini oshirgan jinoyatchilar ozodlikka chiqqanlaridan so‘ng boshqa jinoyatchilarga nisbatan jinoyatga 30 foiz kamroq qo‘l uradilar.

  Mutolaa yaxshi hikoyago‘yga aylantiradi.
Inson kitobni qancha ko‘p o‘qisa, hikoya qilish qobiliyati shunchalik oshadi. Keraksiz gaplarni kamroq gapirib, keraklilarini yaxshiroq yetkazadigan bo‘ladi.

  Mutolaa yaxshilik qilishga undaydi.
Faol kitobxonlar xayriya ishlari bilan boshqalarga nisbatan uch marta ko‘proq shug‘ullanishadi. Mutolaa muhtoj insonlarga yordam qo‘lini cho‘zishga undaydi.

✅Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
http://ashpk.uz
https://t.me/Andpedkoll
https://www.facebook.com/groups/211715867145976/permalink/884862053164684/
https://www.youtube.com/channel/UC5AVk1jWt_gEsesIz_kSQwQ
  • ---
  • 0
##Bilasizmi?
##Bilasizmi?

Har yili 9-avgust kuni butunjahon kitobsevarlar kuni sifatida nishonlanadi.

Ushbu kunga kim qachon asos solgani noma'lum. Mazkur bayram dastlab AQSHda kitobxonlar tomonidan norasmiy tarzda nishonlanib kelingan. Keyinchalik bu an'ana dunyoning turli nuqtalaridagi kitobxonlar orasida keng ommalashdi. Har yili ushbu sanada turli davlatlarda kitob do'konlari tomonidan ko'rgazmalar, yarmarkalar tashkil etilishi odat tusiga kirgan. Shoir-yozuvchilar o'zlarining yangi asarlari taqdimoti bilan kitobsevarlarni xushnud etadi. Zero, kitobxonlikni shu tarzda ommalashtirish mazkur bayram sanasining asosiy vazifalaridan sanaladi.

✅Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
http://ashpk.uz
https://t.me/Andpedkoll
https://www.facebook.com/groups/211715867145976/permalink/884862053164684/
https://www.youtube.com/channel/UC5AVk1jWt_gEsesIz_kSQwQ
  • ---
  • 0
##kun_hikmati

Aql ila olam elini obod qil,
Xulq ila olam elini shod qil.


Alisher Navoiy

✅Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
http://ashpk.uz
https://t.me/Andpedkoll
https://www.facebook.com/groups/211715867145976/permalink/884862053164684/
https://www.youtube.com/channel/UC5AVk1jWt_gEsesIz_kSQwQ
  • ---
  • 0
##iqtibos

Hayot - murakkab romandir. Biz esa ham uning muallifi, ham o‘quvchilarimiz.

Abdulla Qodiriy

✅Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
http://ashpk.uz
https://t.me/Andpedkoll
https://www.facebook.com/groups/211715867145976/permalink/884862053164684/
https://www.youtube.com/channel/UC5AVk1jWt_gEsesIz_kSQwQ
  • ---
  • 0
##iqtibos

"Yer yuzida bitta kitobxon qolgan boʻlsa ham, bu kimgadir bizning kerakligimizni anglatadi. Demak, biz hech qachon oʻlmaymiz ..."

Abdulla Qodiriy

✅Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
http://ashpk.uz
https://t.me/Andpedkoll
https://www.facebook.com/groups/211715867145976/permalink/884862053164684/
https://www.youtube.com/channel/UC5AVk1jWt_gEsesIz_kSQwQ
  • ---
  • 0
##iqtibos

Agar farzandlaringiz sizdan pul emas, maslahat kutsalar, demak, ularni to‘g‘ri tarbiya qilibsiz.

Abu Nasr Farobiy

✅Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
http://ashpk.uz
https://t.me/Andpedkoll
https://www.facebook.com/groups/211715867145976/permalink/884862053164684/
https://www.youtube.com/channel/UC5AVk1jWt_gEsesIz_kSQwQ
  • ---
  • 0
##-avgust - O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tashkil topgan kun

4-avgust - O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tashkil topgan kun.

Sana munosabati bilan soha xodimlarini jamoat xavfsizligini ta’minlash, aholini turli xil tahdidlardan, jinoiy va boshqa g‘ayriqonuniy harakatlardan himoya qilish, o‘ta muhim toifalangan davlat va boshqa ob’yektlarni, jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulklarini qo‘riqlash borasidagi vazifalarni bajarishda va millat manfaatlarini himoyasidagi xizmatlariga muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.
Sidqidildan mehnat qilayotgan barcha fidoyi xodimlarni chin qalbimizdan tabriklaymiz.

Hurmat bilan kollej jamoasi !!!

✅Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
http://ashpk.uz
https://t.me/Andpedkoll
https://www.facebook.com/groups/211715867145976/permalink/884862053164684/
https://www.youtube.com/channel/UC5AVk1jWt_gEsesIz_kSQwQ
  • ---
  • 0
##qonunchilikdagi_yangiliklar
Prezident huzurida Iqlim kengashi tashkil etiladi

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Iqlim kengashini tashkil etish to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF-106-son) qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, Prezident huzurida Iqlim kengashi tashkil etiladi.

✔️ Iqlim kengashi iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish va unga moslashish masalalari bo‘yicha Prezident huzuridagi eng yuqori maslahat organi hisoblanadi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim o‘zgarishi to‘g‘risidagi doiraviy konvensiyasi va Parij bitimidan kelib chiqadigan O‘zbekistonning majburiyatlari bajarilishi monitoringini yuritish Iqlim kengashining asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.

Yashil transformatsiya va iqlim o‘zgarishiga moslashish milliy markazi Iqlim o‘zgarishi milliy markazi (Iqlim markazi) deb qayta nomlandi.

Ilmiy va akademik salohiyatni oshirish hamda fundamental tadqiqotlarni rivojlantirish maqsadida Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universitetida (Green University) Iqlim ilmiy forumi (rezidensiyasi) (Iqlim rezidensiyasi) tashkil etiladi.

Manba: (https://t.me/huquqiyaxborot)

✅Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
http://ashpk.uz
https://t.me/Andpedkoll
https://www.facebook.com/groups/211715867145976/permalink/884862053164684/
https://www.youtube.com/channel/UC5AVk1jWt_gEsesIz_kSQwQ
  • ---
  • 0
##Bilasizmi ?

1966-yildan boshlab dunyo olimlari qizil kitobni joriy qilgan bo‘lib, unga yo‘qolish xavfi ostida turgan o‘simlik va hayvon turlari kiritilgan. Shuningdek, qora kitob ham mavjud bo‘lib, bunga insonning halokatli faolyati tufayli Yer yuzidan butunlay yo‘qolib ketgan hayvon va o‘simlik turlari kiritiladi.

✅Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
http://ashpk.uz
https://t.me/Andpedkoll
https://www.facebook.com/groups/211715867145976/permalink/884862053164684/
https://www.youtube.com/channel/UC5AVk1jWt_gEsesIz_kSQwQ