Kollej haqida
Muhammad
Sport musobaqalari
Kollej ko'rinishi
Axborot resurs markazi
  • ---
  • 0
##diqqat_tanlov##diqqat_tanlov

“Yangi Oʻzbekistonga qanot boʻlamiz!” ijodiy videoroliklar tanlovi

Tanlovda barcha Oʻzbekiston fuqarolari va rezidentlari tegishli mavzulardan biriga bagʻishlangan videoroligi bilan qatnashishi mumkin.

Ushbu tanlov Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi va boshqa hamkor tashkilotlar tomonidan oʻtkazilmoqda.

Mukofotlar:
– 1-oʻrin: iPhone 15 Pro max
– 2-oʻrin: noutbuk
– 3-o‘rin: planshet

Ishlar 2024-yil 26-avgustgacha qabul qilinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/ijodiy-videoroliklar-tanlovi/

✅Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
http://ashpk.uz
https://t.me/Andpedkoll
https://www.facebook.com/groups/211715867145976/permalink/884862053164684/
https://www.youtube.com/channel/UC5AVk1jWt_gEsesIz_kSQwQ

  • ---
  • 0
#foydali #salomatlik

Salomatlik va strategik rivojlanish instituti tomonidan aholi orasida sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, oʻz sogʻligʻi holatini baholash va aholi tomonidan sogʻlom ovqatlanish boʻyicha tavsiyalar olish maqsadida mobil ilovalar ishlab chiqilgan (https://t.me/sttmuz/344).

Ularni quyidagi havolalar orqali yuklab olishingiz mumkin:

↪️Tana vazni indeksini hisoblash va natijaga koʻra sogʻlom turmush tarzi tavsiyalarni olish imkoniyatini beradigan telegram-bot (https://t.me/tana_indeks_bot) va mobil ilova (https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.medic.tanavazniindeksi).

↪️Qandli diabet 2-turi rivojlanish xavfini baholash va sogʻlom ovqatlanish boʻyicha telegram-bot (https://t.me/qandlidiabet2_bot) va mobil ilova (https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.medic.qantli_diabet2).

↪️Yurak-qon tomir kasalliklari rivojlanish xavfini baholash va xavfga bogʻliq holda sogʻlom turmush tarzi boʻyicha tavsiyalar olish imkoniyatini beradigan telegram-bot (https://t.me/soglom_yurak_bot) va mobil ilova (https://t.me/soglom_yurak_bot).

Manba: (https://t.me/eduuz)


✅Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
http://ashpk.uz
https://t.me/Andpedkoll
https://www.facebook.com/groups/211715867145976/permalink/884862053164684/
https://www.youtube.com/channel/UC5AVk1jWt_gEsesIz_kSQwQ
  • ---
  • 0
##yangiliklar #ekologiya

O‘zbekistonda qayta ishlatilishi majburiy boʻlgan chiqindi tovarlari roʻyxati ishlab chiqildi.

Roʻyxatda plastmassalar, qogʻozlar, metallar, shishalar, kompozitli materiallar, batareya va akkumulyatorlar, qurilish chiqindisi kabi materiallar qayta ishlanishi boʻyicha kod raqamlari va belgilar qoʻyilgan. Zaruratga qarab majburiy boʻlgan chiqindi tovarlarining belgilari boʻyicha qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilib, tasdiqlanib boriladi.

Ro‘yxat Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-yanvardagi “Chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish va ularning ekologik vaziyatga salbiy taʼsirini kamaytirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 5-son Farmoniga muvofiq tuzildi va va 2024-yilning 25-iyunida tasdiqlandi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 7-iyuldagi “Oziq-ovqat mahsulotlariga tegib turadigan qadoqlarning xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida”gi 476-son qarorini hisobga olgan holda qayta ishlatilishi majburiy boʻlgan chiqindi tovarlarining belgilari boʻyicha tasdiqlangan roʻyxati 12 oydan keyin kuchga kiradi.

Ta'kidlash joizki, chiqindilarni qayta ishlash ikkilamchi xomashyolardan samarali foydalanishga imkoniyat beradi. Eng muhimi, bu orqali atrof-muhit ifloslanishining oldi olinadi.

Manba (https://gov.uz/eco/news/view/17498/)

✅Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
http://ashpk.uz
https://t.me/Andpedkoll
https://www.facebook.com/groups/211715867145976/permalink/884862053164684/
https://www.youtube.com/channel/UC5AVk1jWt_gEsesIz_kSQwQ
  • Информация
  • 0
#Professional_taʼlim

ANDIJON SHAHAR PEDAGOGIKA KOLLEJI
2024/2025-o’quv yili uchun quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha kunduzgi, sirtqi va dual ta’lim shakllari asosida  o’qishga taklif etadi.


Kunduzgi ta’lim shaklida:
✅Maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachisi;
✅Jismoniy tarbiya va sport;
✅Musiqa rahbari;
✅Kutubxonashunoslik;
✅Kompyuter tizimlari va majmualari;
✅Axborot tizimlari(tarmoqlar bo‘yicha) ;

Sirtqi ta’lim shaklida:
✅Maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachisi;
✅Maktabgacha ta'lim tashkiloti oshpazi;
✅Jismoniy tarbiya va sport;
✅Musiqa rahbari;
✅Kompyuter tizimlari va majmualari;

Dual ta’lim shaklida:
✅Maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachisi;
✅Kutubxonashunoslik;

Murojaat uchun:
Qabul jarayonlari bilan bogʻliq qoʻshimcha maʼlumotlarni “Call-center” raqamlari
✅ +998905716114
✅ +998936938488
✅ +998990975855
✅ +998995335841
orqali olishingiz mumkin.

Manzil: Andijon shahar, Ahmadbek Xoji ko'chasi 78-"B" uy.
(Sobiq Andijon industrial-pedagogika kolleji)

ℹ️ Maʼlumot o'rnida:

Joriy yilda yuqoridagi mutaxassisliklar bo‘yicha Andijon viloyatida faqatgina Andijon shahar pedagogika kollejiga qabul parametrlari belgilangan.

Kollejlar kunduzgi ta'lim shakli qabul parametrlari  toʻgʻrisida ma'lumot (https://t.me/eduuz/24635)
Kollejlar Sirtqi ta'lim shakli qabul parametrlari  toʻgʻrisida ma'lumot (https://t.me/eduuz/24637)
Kollejlar Dual ta'lim shakli bo‘yicha qabul parametrlari (https://t.me/eduuz/24638)

✅Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
http://ashpk.uz
https://t.me/Andpedkoll
https://www.facebook.com/groups/211715867145976/permalink/884862053164684/
https://www.youtube.com/channel/UC5AVk1jWt_gEsesIz_kSQwQ
  • ---
  • 0
##iqtibos

Har bir kitobda yo bir naf, yo o‘rnak, yo ilinj, yo odob, yo fikr, yo umid bor.

Mahmud Zamaxshariy

✅Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
http://ashpk.uz
https://t.me/Andpedkoll
https://www.facebook.com/groups/211715867145976/permalink/884862053164684/
https://www.youtube.com/channel/UC5AVk1jWt_gEsesIz_kSQwQ